Milliy tadqiqot universiteti gIdrotexnik inshootlar va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
TEMIR-BETON SUV TASHLAGICH ASOSIY ELEMENTLARINING DASTLABKI O‘LCHAMLARINI ANIQLASH
Download 255.28 Kb.
|
nurxon
2. TEMIR-BETON SUV TASHLAGICH ASOSIY ELEMENTLARINING DASTLABKI O‘LCHAMLARINI ANIQLASH.
Suv tashlagichning asosiy elementi bo‘lgan temir-beton novning o‘lchamlari uning konstruksiyasiga bog‘liq. Konstruksiyaning xilma-xilligi esa nov orqali o‘tadigan suv sarfiga, ya’ni novdagi suvning chuqurligiga va novning kengligiga asoslanadi. Agar suvning chuqurligi katta bo‘lsa temir-beton nov maxsus tortkichlar va bikrilik qovurg‘alari bilan ta’minlanadi. Novlar bir butun kichik seksiyalardan yoki transport vositalarida tashish qiyin bo‘lsa ular alohida yig‘ma qismlardan iborat bo‘lishi mumkin. Loyihada asosan ochiq profilli, vertikal devorli to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi temir-beton novning konstruksiyasi ko‘rib chiqiladi. Bunday novlarning alohida seksiyasining uzunligi 1,5…2 m, uning devorlarining qalinligi esa hpl = 10…20 sm bo‘ladi. 1.1-jadval Betonning qarshiligi va elastiklik moduli
1.2-jadval Armaturalarning normativ va hisobiy qarshiliklari va ularning elastiklik moduli
Konsolli temir beton suv tashlagich uchun ikkinchi darajali to‘sinlar sifatida ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi temir-beton to‘sinlar qabul qilamiz. Ular bir uchi bilan qirg‘oqdagi «A» tayanchga, ikkinchi uchi konsol hosil qilib «B» nuqtada «П» shaklidagi temir-beton ramaga tayanadi. Bunda konsolning uzunligi, tayanchlar oralig‘idagi va tayanchdagi eguvchi momentlarning maksimal qiymatlarining tenglik shartidan kelib chiqqan holda quyidagi nisbatda belgilanadi: (2.1) bu erda L – to‘sinning to‘la hisobiy uzunligi, ya’ni konsolning uchidan qirg‘oqdagi tayanchning o‘qigacha bo‘lgan masofa: 0,25m – to‘sinning uchidan uning shu uchi tayangan qirg‘oqdagi tayanch o‘qigacha bo‘lgan masofa. Ikkinchi darajali to‘sinlarning tayanchlar orasidagi uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: (2.2) Me’yoriy hujjatlarga asoslanib to‘sinlarning va «P» shaklidagi tayanch-rama elementlarining ko‘ndalang kesimlarini o‘lchamlari dastlab quyidagi nisbatlarda belgilanadi: Ikkinchi darajali to‘sinlarning ko‘ndalang kesimini balandligi (yaxlit quyma variant uchun plitaning qalinligi bilan birga) (2.3) To‘sinlarning ko‘ndalang kesimlarini balandligi 600 mm dan kichik bo‘lsa 50 mm farq bilan, agar 600 mm dan katta bo‘lsa 100 mm farq bilan yaxlitlanadi. Ikkinchi darajali to‘sinlarning ko‘ndalang kesimi kengligi: (2.4) Ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rtburchakli to‘sinlarni kengligi 100, 120, 150 , 180, 200, 220, 250 mm bo‘lib ular 50 mm farq bilan yaxlitlanadi. Asosiy to‘sinni (rigelni) ko‘ndalang kesim balandligi: (2.5) Bu yerda lr = B= 3,60 m vertikal ustunlar o‘qi orasidagi masofa Asosiy to‘sinnning (rigelning) ko‘ndalang kesimining kengligi: (2.6) Vertikal ustunlar ko‘ndalang kesimining balandligi (2.7) Vertikal ustunlar ko‘ndalang kesimining kengligi Ikkinchi darajali to‘sinlarning soni novning kengligiga va to‘sinlarga tushadigan yuklarning qiymatiga bog‘liq holda, quyidagi ifoda bilan aniqlanadi. (2.8) bu erda B – novning vertikal devorlari o‘qi orasidagi masofa; lS – yonma – yon joylashgan ikkinchi darajali to‘sinlar o‘qlari orasidagi masofa; «lS» ni dastlabki qiymati nov tubining elementar yuzasiga nisbatan tushayotgan yukning normativ qiymatiga bog‘liq holda 2.1-jadvaldan aniqlanadi. (2.9) bu erda hw - novdagi suvning chuqurligi, m ; γw - suvning solishtirma og‘irligi, γw = 10 kN/m3 ; hS – novning tub devorini qalinligi , m ; γb - temir-betonning solishtirma og‘irligi, γb = 25 kN/m3 2.1 – jadval Download 255.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling