To‘sinning qiya kesim bo‘yicha mustahkamligini eguvchi mometlar ta’siriga hisoblash.
To‘sinlarning qiya kesim bo‘yicha mustahkamligi eguvchi momentlar ta’siriga quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi
, (4.29)
Bu erda M – qaralayotgan nuqtadagi tashqi kuchlardan hosil bo‘ladigan moment;
Ms – bo‘ylama ishchi armaturalar qabul qila oladigan momentlar yigindisi;
Mω – qaralayotgan kesimdagi ko‘ndalang armaturalar qabul qila oladigan momentlar yigindisi.
Qiya darzlarni tayanchlarga yaqin joylarida hosil bo‘lish extimoli katta bo‘lganligi uchun va quyidagi konstruktiv talablar bajarilsa, yuqoridagi (4.29) shart bo‘yicha to‘sinning qiya kesimlar bo‘yicha eguvchi momentlar ta’siriga bo‘lgan mustahkamligi tekshirilmaydi.
Bunda quyidagi konstruktiv talablar bajarilishi kerak:
to‘sin ko‘ndalang kesimini balandligi o‘zgarmasa yoki oxista o‘zgarsa.
to‘sin tayanchlaridagi bo‘ylama ishchi armaturalar etarli darajada ankerlangan bo‘lsa, tayanchlardagi bo‘ylama armaturalarning ankerlash uzunligi (tayanchning ichki qirrasidan boshlab) agar,
Agar (4.30) – shart bajarilsa lan ≥ 5 * d deb, aks holda esa lan ≥ 10 * d deb qabul qilinadi (4.5-rasm), lan ≥ 10d=10 18=180 mm
To‘sinlarni armaturalashda eguvchi momentlarning maksimal qiymati bo‘yicha bo‘ylama ishchi armaturalar miqdori aniqlanadi. Lekin, to‘sinning tayanchlarga yaqin qismida eguvchi moment miqdorlari nisbatan kichik bo‘ladi va shuning uchun qabul qilingan barcha ishchi armaturalarni to‘laligicha to‘sinni butun uzunligi bo‘yicha joylashtirish shart emas. Demak, armaturalarni tejash maqsadida qabul qilingan ishchi armaturalarning ≥ 50 % to‘sin tayanchlarigacha joylashtiriladi, qolgan ≤ 50 % esa to‘sinning oraliq qismiga ya’ni, eguvchi momentlar katta qiymatga ega bo‘lgan joylargagina qo‘yiladi.
4.3-rasm. To‘sinlarning tayanch qismida bo‘ylama armaturalarning ankerlash sxemasi
Odatda bunday armaturalar qirqilgan armaturalar deyiladi.
Qirqilgan armaturalarning nazariy qirqilish nuqtalari grafoanalitik usulda materiallar epyurasini qurish yo’li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |