Milliy taomlar tendensiyasi


Download 24.07 Kb.
bet4/9
Sana06.05.2023
Hajmi24.07 Kb.
#1436246
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy taomlar

Oshqovoq somsa

Qadimiy qishloq aholisining taomi bo'lib, keyin shaharlarga ham keng tarqalgan. Iliq suvga xamirturush solib, tuz bilan birga eritgach, qisimlab un solib, xamir qilasiz - da, o'rab, oshirish uchun olib qo'yasiz. Oshirilgan xamirdan yong'oqday zuvalachalar yasagach, urvoqqa belab, juva bilan qalinligi 2 mm qilib jild yoyasiz. Har bir jildga oshqovoq qiymadan solib to'rtburchak shaklida somsalar tugasiz (oval, dumaloq, uchburchak, yarimoy shakllarida somsa tugsa ham bo'ladi). Somsa qizitilgan tandirning jag'iga yopilib yoki duxovkada pishiriladi. Duxovka avval qizitilib, patnisi yog'lanishi shart, aks holda somsa yopishib qoladi. Qiymasini tayyorlash uchun somsa oshqovoq tanlanadi. Bu jaydari navning po'chog'i qattiq yog'ochsimon, sirti qora - sariq - olachipor bo'ladi. Qovoqni ikkiga yorib, urug;I olib tashlangandan so'ng, maxsus qoshiqsimon qirg'ich yordamida qirasiz. Agar oshqovoqning boshqa navini tanlagan bo'lsangiz, urug'ini olib tashlagach 1 x 1 x 1 sm kubik shaklida - mayday to'g'raysiz. Bunga halqa qilib to'g'ralgan piyoz, jizza yoki mayday to'g'ralgan charvi yog', tuz va qalampir qo'shib mijiysiz. Tayyor somsalarni tandirdan uzib, bir oz tobini chiqargach, dasturxonga tortasiz. Oshqovoq somsa soviganda ham o'z xushxo'rligini yo'qotmaydi. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 25 gr xamirturush, 1 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz solinadi; qiymasi uchun 700 gr oshqovoq, 3 - 4 bosh piyoz, 100 gr charvi yog' (yoki 1 stakan jizza); tuz va qalampir ta'bga ko'ra olinadi.


Ko`k somsa I

Bunday somsa yilda bir - ikki marta, bahor oylaridagina tayyorlanishi mumkin bo'lganligi uchun ham tansiqdir. Oshqovoq somsada aytilganidek xamir qoriladi va yoyiladi. Qiymasi navbahorda ilk ko'karib chiqqan otquloq, jag' - jag', yalpiz, yo'ng'ichka, machin, sho'ra, chumchuqko'z, beda, ismaloq, qoqiut, gazandao't kabi dorivor giyohlardan tayyorlanadi. Ko'katlarni saralab, 4 - 5 maratoba yuvib, suvi silqigach, mayday qitqasiz yoki chopasiz. Bunga bosh piyoz, ko'k piyoz, sarimsoq ko'ki, jizza yoki qo'y yog'i, tuz va murch qo'shasiz. Tayyorlab qo'yilgan har bir jildga bir osh qoshig'ida ko'k qiymadan solib to'rtburchak shaklida somsalar tugasiz va tandirning jag'iga yopib pishirasiz. Masalliq; xamiri uchun 500 gr oq un, 25 gr xamirturush,1 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz; qiymasi uchun bahorda yangi ko'karib chiqqan turli dorivor giyohlardan biri (bir necha xilini qo'shib tayorlasa ham bo'ladi) 500 gr, bir bog' ko'k piyoz, bir bog' sarimsoq koki, bir bog' ukrop, 2 - 3 bosh oq piyoz, 100 gr jizza yoki 50 gr charvi yog', 4 dona tuxum, ta'bga ko'ra tuz va murch olinadi.



Download 24.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling