Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv Reja
Download 39.9 Kb.
|
Kamolova Ezoza 2
Milliy tarbiyaning metodologik asoslarini aniqlashda, uni har tomonlama talqin qilishda sotsiobiologiya erishgan natijalar katta ahamiyatga ega. Biologiya fanining bu yo’nalishi 1975 yili amerikalik entomolog E.Uilsonning «Sotsiobiologiya: yangi sintez» nomli kitobidan boshlanib, ilmiy davralarda katta qiziqish uyg’otdi. Sotsiobiologiyaning bosh maqsadi — inson hayotining turli jabhalarini tadqiqot qilishga qodir bo’lgan yangi — omuhta fan yaratishdir. «Koinotda ongli jonzotlar ichida ikki intellektual irq — eydilonlar va ksinedrinlar bor, deb faraz qilaylik, - deb yozadilar CH. Lamzden va E. Uilson. Eydilonlar—organik mashinalar bo’lib, ulardagi tafakkur va hulq-atvor dasturlashtirilgan. Ksinedrinlar ongi esa, toza yozuv tahtasiga monand. Ularning tafakkurida irsiy determinatsiyaning izlari ham yo’q, ya’ni ksinedrinlar tafakkuri, hulq-atvori tashqi muhit tomonidan dasturlashtiriladi. Eydilonlar yo’li madaniyat ta’sirida kechadi. Er kurrasidagi odamlar alohida - uchinchi yo’lga egadir. Bu yo’lning mohiyati, sotsiobiologlarning fik-richa, irsiy omillardan madaniy omillarga va aksincha bo’lib o’tadigan doimiy o’zgarishlardadir». Sotsiobiologiya inson ustidan hukmronlik qiluvchi barcha kuchlarning eng qudratlisi va murakkabi — ishonch, e’tiqod, deb biladi. «E’tiqod ijtimoiy hatti-harakatlarning universal tartibotlaridan bo’lib, har bir jamiyatda uni (namoyon bo’lish shakliga qarab) tezda qayd qilish mumkin... Lekin inson bu unsurdan din va marksizm orasidagi qarama-qarshilik tufayli voz kechishga majbur bo’ldi. E’tiqodsizlik esa odamlarda milliy qadriyatlarning yo’qolishiga, arzimas narsalarni qimmatli narsa deb, haqiqiy qimmatga ega bo’lgan narsalarni esa erga urishga olib keldi», — deb hisoblaydi «inson haqidagi yangi fan» — sotsiobiologiya. Ko’rinib turganidek, ushbu yangi fanning e’tiqod va uni shakllantirish haqidagi qarashlari o’quvchilarimizda milliy g’oyaga asoslangan istiqloliy e’tiqodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling