Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv Reja
Download 39.9 Kb.
|
Kamolova Ezoza 2
Insofli bo’lish haqida na uyda, na maktabda va na atrofdagilardan ta’lim olmagan ayrim yoshlar insofsizlik qilib qo’yganini o’zlari anglamayaptilar, anglasalar ham uning hunuk oqibati — gunohi to’g’risida mutlaqo o’ylamayaptilar... (Ibrohim Rahim. Hayot chorrahalarida. - T.; O’zbekiston, 1991. 110-6.)Bu holat o’zbek umumta’lim maktabi o’quvchilarini «O’zbek tilining izohli lugati»dan joy olgan, insoniy fazilatlarni ifodalovchi 1,5 mingdan ortiq so’zlar(masalan, «odamgarchilik», «insof», «vijdonlilik», «mehribonlik» va h.k.) bilan mahsus tanishtira borishni taqozo qiladi. Biroq, so’zlarning faqat ma’nosini tushuntirish bilan yuqoridagi fazilatlarni o’quvchilarning odatiga aylantirish mushkul. Buning uchun milliy-insoniy fazilatlarni mahsus tashkil qilinuvchi tarbiyaviy vaziyatlarda, tarbiyaviy soatlarda o’quvchilarga namoyish qilish (masalan, «milliy odob»ning qanday namoyon bo’lishini nafaqat tushuntirish, balki ko’rsatish) va o’quvchilar bilan milliy odob mashqparini tashkil qilish talab etiladi. Tarbiyaviy ta’lim — muomala, odob qoidalarini mahsus o’rgatish jahon miqyosida yangilik emas va o’rnak olsa arzigulik misollar bor. Masalan, YAponiya maktab-larida «yapon hulq-atvori» darsi mahsus, majburiy o’tiladi. Bu darsda muomala, odob-ahloqning eng nozik qirralarigacha mahsus o’rgatiladi, mashq qildiriladi. Jumladan, mehmon kelganda mezbon eshikni qanday ochishi kerakligigacha va h.k. Hullas, milliy-tarbiyaviy ta’lim milliy fazilatlarni o’quvchilarning dastlab birinchi, keyin esa ikkinchi signallar sistemasiga aylantirishga, pirovard natijada esa, o’quvchilarning shahsiy hislatlariga, odatlariga aylanishida pedagogik tehnologiya vazifasini o’taydi.O’zbekiston sotsiolog olimlari olib borgan ilmiy tadqiqotlar milliy tarbiyaning sotsiologik jihatlarini oydinlashtiradi. Toshkent Davlat universiteti sotsiologik Markazi «G’arb — SHarq: shahs hulq-atvori va moslashuvi-ning madaniy-etnik hususiyatlari» mavzusi bo’yicha tadqiqotlar olib bordilar. Qiyosiy natijalar shuni ko’rsatadiki, Amerika-Evropa madaniyati, musulmon SHarqi mada-niyatlari tamomila turlicha qadriyatlarga tayanadi. YA’ni sharqona hulq-atvor qadriyatlari an’anaviylikka tayansa, g’arbona hulq-atvor esa indivvdualistik tip sifatida ijtimoiy muhit, hatto makrosotsiumlarni inkor qilish orqali o’zligini namoyon qiladi. SHarqona hulq-atvor muhitida taraqqiyot va islohotlar tadrijiy tarzda kechib, bunday jamiyatda qadriyatlarning keskin inqirozi havfi yo’q. Masalan, ajdodlarga hurmat ijtimoiy mo’’tadillikning o’ziga hos kafolati bo’lib hizmat qiladi. Pedagogika uchun muhim tomoni shundaki, tarbiyaning milliyligi va ijtimoiylikning silliq kechishi tufayli o’smirlik — o’tish davri engil kechadi. G’arb o’smirlarida esa bu jarayon ijtimoiy muhit, halq, millatni inkor qilish, jamiyatda qabul qilingan ahloqiy, ma’naviy me’yorlarga qarshi turish, egotsentrizmda namoyon bo’ladi. SHarqlik kishi uchun el, urug’, mahalla manfaatlari, fikrlari kuchli ta’sirga ega. G’arb kishisi uchun tevarak-atrofdagilarning fikrlaridan ko’ra o’zining «men»ini namoyon qilish birinchi darajada turadi. O’zbek sotsiologi A. A. Ilhomovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda diniy, milliy o’zligini anglashning o’sishi yoshlarning o’zlarini musulmon va sharq kishisi sifatida anglashi tarzida; Ovrupo yoshlarida esa jinoyatchilikning bundan buyon ko’payishiga olib keluvchi «hulq-atvorning affektiv tipi»da namoyon bo’lmoqda. Ana shu ob’ektiv hususiyatlar O’zbekiston pedagogikasida, uning nazariy asoslarida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling