Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti kadrlar menejmenti yo
Kasbiy yo‘naltirish tushunchasi. Kasbga yo‘naltirishning maqsad va vazifalari
Download 139.89 Kb.
|
KORXONADA KADRLARNI MOSLASHTIRISH BO’YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlarni kasbga yonaltirishga tasir ko ’rsa tish omillari.
1.2. Kasbiy yo‘naltirish tushunchasi. Kasbga yo‘naltirishning maqsad va vazifalari.
Kasbga yo'naltirish — insonning xislatlari, qiziqishlari, qobiliyatini, shuningdek, milliy iqtisodiyotning tegishli ixtisosliklarga ehtiyojini hisobga olgan holda uni mehnat faoliyatining muayyan turiga qiziqishini shakllantirish, bevosita shu inson uchun eng maqsadga muvofiq bo'lgan hunar tanlanishini ta'minlashdir. Kasbga yo'naltirish odamlarni, ayniqsa o'quvchi yoshlarni faoliyat turlari, kasb-hunarlar, korxona va tashkilotlar, mehnat sharoitlari va yo'nalishlari bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi davr sharoitlarida kasbga yo'naltirish sohasida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: ta'limga yo'naltirilish, ya'ni mehnatga layoqatli insonga kasb tayyorgarligi turlari va shakllarini tanlashda, kasb ta'limini amalga oshirishdagi qiyinchiliklarni yengishda yordam ko'rsatish; kasb axboroti, ya'ni mehnatga layoqatli insonga uning qiziqishlari va qobiliyatiga mos keladigan kasb-hunar tanlashda yordam berish; psixologik qo'llab-quvvatlash, ya'ni shaxsiy va yuktimoiy muammolarni hal etishda yordam berish; qayta yo'naltirish, ya'ni mehnatga layoqatli insonga uning kasb tajribasi, ish staji, sog'ligi, kasbga qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda kasbiy qayta tayyorlash dasturlarini tanlashda yordam ko'rsatish.
O'zbekiston Respublikasida tarkib topgan ko'p ukladli iqtisodiyot turlicha qobiliyat va qiziqishlarga ega xodimlarga mehnat sohasida o'z o'rnini topishi uchun zarur imkoniyatlar yaratadi. Ayni vaqtda kasbga yo'naltirish maqsad va vazifalarini ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lishi uchun zarur chora-tadbirlar ko'rilmokda. Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish samaradorligi va aholini ish bilan ta'minlash, kasbga yo'naltirish, kasbga tayyorlash va bandlikka ko'maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirishga bog'liqligini anglab yetganlar. Download 139.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling