Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti kadrlar menejmenti yo
Kasbiy tanlash (saralash)
Download 139.89 Kb.
|
KORXONADA KADRLARNI MOSLASHTIRISH BO’YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH
Kasbiy tanlash (saralash). Bundan maqsad xodimni korxonaning faoliyat turidan qoniqish hosil qilgan taqdirda o'z shaxsiy xislatlariga muvofiq o'z sohasida yuksak samara keltiradigan personal bilan ta'minlashdan iboratdir. Ushbu ishni amalga oshirish jarayonida xodimning umumiy ta'limi, kasbiy tayyorgarligi, ishlab chiqarish tajribasi, kasbiga munosabati, shuningdek uning muayyan faoliyat turiga barcha shaxsiy jihatlari bilan mos kelishini hisobga olish juda muhimdir.
Kasbga yo'naltirish va kasb tanlashning iqtisodiy samaradorligi kadrlar qo'nimsizligi, mehnatunumdorliginingo'sishi, kasbni egallash uchun zarur bo'lgan vaqtni kamaytirilishi kabi ko'rsatkichlar yordamida aniqlanishi mumkin. Olib borilgan sotsiologik tadqiqotlar kasbga yo'naltirish va kasb tanlashning iqgisodiy samarasidan yaqqol dalolat berib turibdi. Xususan, o'z kasbini ongli ravishda, kasbiy yo'naltirishni hisobga olgan holda tanlagan xodimlar boshqalarga nisbatan 20—40 foiz unumli mehnat qilishlari, ishda brakka ikki baravar kam yo'l qo'yishlari, navbatdagi ishchi razryadi olishga 1 yil kam vaqg sarflashlari, kasblari yoki ish joylarini 2—3 marotaba kam almashtirishlari aniqlangan. Kasbni tanlashda xatoliklarga yo'l qo'yilishga barham berish ishchilarni o'qitish uchun xarajatlarni 25 foizga kamaytirish imkonini berishi ham ma'lum. Kadr bilan ishlashda kasbga qayta yo’naltirish faoliyati ham mavjud. Bu odatda uzoq muddatli, juda murakkab va zidtsiyatli jarayondir. Kasbga qayta yo'naltirish egallangan kasbiy ko'nikmalar asosida xodimning bir kasbdan ikkinchisiga o'tishini anglatadi. Ushbu jarayon quyidagi ko'p bosqichli tarkibga ega: Avvalgi ish joyida mehnat faoliyatini yakunlash. Ishsizlik. Yangi faoliyat turini tanlash. Yangi kasb faoliyatini o'zlashtirish. Mazkur bosqichlarning har biri shaxsning ruhiy holati o'ziga xos bo'lishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun bunday holatdagi insonlarning har biriga alohida yondashuv talab etiladi. Kasbga qayta yo'naltirishda kasbiy maslahatchi bilan ruhshunoslarning hamkorlikda ish olib borishlari yaxshi natija beradi. Bugungi kunda bandlikka ko'maklashish markazlari tarkibida ruhshunoslik xizmatlari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Ishga qabul qilingan yangi xodimlarni joy-joyiga qo'yish ham talab etiladi. Korxonada Kadrlarni joy-joyiga qo'yish mavjud xodimlarni korxonada qabul qilingan mehnat taqsimoti va kooperatsiya tizimiga, shuningdek, xodimlarning qobiliyatlariga binoan bo'linmalar va ish joylariga maqsadga muvofiq taqsimlashdan iboratdir. Kadrlarni joy- joyiga qo'yish bajariladigan ishning hajmi, xususiyati va murakkabligi hisobga olingan holda jamoa faoliyatini uyushqoqlik bilan tashkil etishni ta'minlashi lozim. Bunda quyidagi tamoyillarga rioya etilishi talab qilinadi: barcha xizmatlar va bo'linmalar xodimlarini bir tekis va to'la hajmda ish bilan ta'minlash; Kadrlardan uning kasbi va malakasiga muvofiq foydalanish (har bir xodim o'z xizmat vazifasini, bajaradigan ishini ravshan tasavvur etishi uchun ijrochilar funksiyalariga aniqlik kiritish); ishchilarning turdosh kasblarni egallashlarini ta'minlash orqali ularning zarur hollarda o'zaro bir-birlari ishini ayirboshlashlariga erishish; har bir xodimning o'z xizmat vazifasini va topshirilgan ish uchun to'la mas'uliyatini ta'minlash, ya'ni miqdor va sifat ko'rsatkichlarini aniq hisob-kitob qilib borish. Shunday qilib, Kadrlarni joy-joyiga qo'yish xodimni ishga qabul qilish bilan bog'liq jarayonning uzviy davomi, muayyan xodimga muayyan vazifa, muayyan ishni topshirishdir. Korxonada Kadrlarni joy-joyiga qo'yish, eng avvalo, xodimlarni sanoat-ishlab chiqarish Kadrlari toifalari (ishchilar, shogirdlar, muhandis- texnik xodimlar, xizmatchilar, kichik xizmat ko'rsatuvchi Kadrlar) bo'yicha to'g'ri taqsimlashni nazarda tutadi. Bunda ushbu toifali xodimlarning sonlari eng maqbul nisbatga erishishi muhimdir. Ana shu maqsadga ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va boshqa xizmatchilari sonlari me'yorlarini ishlab chyqish orqali erishiladi. Korxonada xodimlarni joy-joyiga qo'yish ikkita asosiy muammo: moslashish muammosi va taqsimlash muammosi (4- rasm)ni hal etish bilan bog'liq. Moslashish muammosi, birinchidan, xodimning mehnatga moslashishi, ya'ni ish joyini ergonomik talablariga muvofiq ravishda tashkil etish, ish topshiriqlarini yangidan taqsimlash, mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan texnologik o'zgarishlardir. Ikkinchi tomondan esa insonning mehnatga moslashishi xodimning malakasini oshirish yoki qayta malakasini oshirish bo'yicha tadbirlarda o'zining aniq ifodasini topadi. Download 139.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling