Milliy universiteti


Orol va Orolbo‘yi muammolarining umumiy tavsifi


Download 0.59 Mb.
bet2/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#232318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ekologik vaiyat keskin hududlardagi ekologik momitoring

2.1. Orol va Orolbo‘yi muammolarining umumiy tavsifi

Orol va Orolbo‘yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Orol tangligi eng yirik regional ekologik halokatlardan biri bo‘lib, dengiz havzasida yashaydigan 35 milliondan ortiq kishi, shu jumladan O‘zbekiston aholisining katta qismi ham uning ta’siri ostida yashamoqda. Yaqin o‘tmishda dunyodagi eng yirik ko‘llaridan hisoblanadigan Orol dengizi tezlik bilan qurib bormoqda. Orol dengizining qurishiga asosiy sabab Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug‘orishga ishlatilishi natijasida oqimining keskin kamayib ketishidir.

O‘rta Osiyoda sug‘oriladigan yerlar maydonining ortib borishi va suvdan noto‘g‘ri foydalanish Orol dengizining taqdirini hal qilib qo‘ydi.

So‘nggi 40-45 yil ichida dengiz sathi 22 metrga (1961-yilda 53 m.) pasaydi va suv hajmi 1064 kmzdan 115 km3 ga tushib qoldi, uning o‘rnida sho‘rxoklar va harakatchan qumlar vujudga keldi.

2004-yil oxirida dengiz sathi 28,5 metr mutlaq balandlikda bo‘lganligi qayd etildi.

Buning oqibatida uning 45 ming km2 qismi qurib, quruqlika aylandi. Dengiz suvi sho‘rligining o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichi 9-11g litr bo‘lsa, hozirda 72 g litrdan ham ortgan va dengiz biomahsuldor xavza sifatida o‘z ahamiyatini yoq‘otdi. Biologik xilma –xillik keskin kamaydi. Dengiz mintaqasidagi 174 tur hayvon turlari soni 38 tagacha qisqardi (2-3 rasm).






Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling