Milliy universiteti


Orol dengizining geografiyasi


Download 0.59 Mb.
bet9/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#232318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ekologik vaiyat keskin hududlardagi ekologik momitoring

Orol dengizining geografiyasi. Orol dengizi – O‘rta Osiyodagi eng katta berk sho‘r ko‘l. Ma’muriy jihatdan Orol dengizining janubiy – g‘arbiy qismi O‘zbekistonda, shimoliy – sharqiy qismi Qozog‘iston hududida joylashgan. O’tgan asrning 60 yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan o‘rtacha 68,0 ming km2 ni tashkil etgan. Kattaligi jihatdan dunyoda to‘rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyin), Yevroosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi o‘rinda edi.

Dengiz shimoliy – sharqdan janubiy – g‘arbga cho‘zilgan, uzunligi 428 km, eng keng joyi 235 km bo‘lgan. Havzasining maydoni 690 ming km2 ni, suvining hajmi 1000 km3, o‘rtacha chuqurligi 16,5 m atrofida o‘zgarib turgan. Havzaning kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori plotsenda yer po’stining egilgan yeridagi botiqda hosil bo‘lgan. Tubining rel’efi (G‘arbiy qismini hisobga olmaganda) tekis.

Ma’lumotlarga qaraganda 1935 yili Orol dengizining maydoni 69670 kilometr kv, suvining miqdori 1153 km.3 bo‘lgan bo‘lsa, 1939 yili maydoni 67300 kilometr kv, suv miqdori 1087 km3 bo‘lgan.

Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suv sathi ancha o‘zgargan. Yana bir ma’lumot – 1990 yilga kelib esa uning maydoni 36,5 ming km2 ni tashkil etgan. (Jumladan katta dengiz deb atalgan qismi – 33,5 ming km2).

Boshqa bir olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra 1960 yilgacha uning maydoni 66,1 ming km2 ga teng edi.

Asosan chuqurligi 10-15 m, eng katta chuqurligi -69m dengizda 300 tadan ortiq orollar mavjud (eng yiriklari Borsakelmas va vozrajdenie orollari) lekin “tabiat hukumdori”, ya’ni oqilona bo‘lmagan harakatlari tufayli, ayniqsa oxirgi o‘n yilliklarda vaziat keskin o‘zgardi, 1995 yilga keliboq dengiz o‘zining suv hajmini to‘rtdan uch qismini yoq‘otdi, sirtining yuzasi esa yarmidan ko‘prog’i qisqardi. Hozirgi paytda dengiz tubining 33 ming kilometrdan ko‘prog’i qurib, cho’lu biyobonga aylangan. Qirg‘oq sathi 100-150 km mafofaga ortga surilib qoldi (1-rasm).






Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling