Milliy universiteti


Inson salomatligiga ta’siri


Download 0.59 Mb.
bet11/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#232318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ekologik vaiyat keskin hududlardagi ekologik momitoring

Inson salomatligiga ta’siri. Orol dengizi havzasida yuz bergan ekologik halokat dunyo miqyosidagi eng yirik halokatlardan biridir va bu inson faoliyati tufayli yuzaga kelgan. Orol dengizi halokati mazkur havzada yashayotgan aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli va salomatligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Asab va sezgi organlari kasalliklari bo‘yicha 1988-1990 yillarda Orol atrofida har 100 ming kishidan 410-870 kishi kasallangan. Ma’lumotlarga qaraganda Orol bo‘yi tumanlarida oxirgi o‘n yillikda o’lim ikki barobar oshgan, ya’ni har 1000 kishiga 9-10 kishi to’g’ri keladi.

Bunga sabab iflos suvlar yer osti suvlariga shimilib, quduqlardan olinayotgan ichimlik suvlari ham sho‘rlangan. Masalan: Bolalar o’limi 4,47 % dan 7,15% gacha, ayrim tumanlarda 8-9% ga yetgan.

Onalar o’limi 4,3 barobar yuqori, o‘rtacha MDH davlatlarida yuqori, o‘rtacha nisbatan olganda 90% ayollarda har xil surunkali kasalliklar yuzaga kelgan. Qand kasalligi bo‘yicha 100 ming kishidan 40-80 kishi, kuchli ichak kasalliklari bo‘yicha har 100 ming kishidan 600-1000 kishi, bolalar o’limi har 1000 tirik tug’ilgandan 61-85 tasi vafot etadi. Endokirin tizimi, ovqatlanishni buzilishi har 100 ming kishidan 500-600 kishi, nafas a’zolarining hastaligi bo‘yicha har 100 ming kishidan 1700-4900 kishi bronxial astma kasalliklar bo‘yicha har 100 ming kishidan 10-20 kishi, gepatit kasalligi bo‘yicha har 100 ming kishidan 400-1447 kishi kasallanadi.

Bu albatta salbiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Buni oldini olish uchun sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan juda katta ishlar olib borilmoqda.

Birinchi navbatda bu hududdagi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida sa’y – harakatlar qilinmoqda. Bolalarni ta’tillarida sog’liqlarini mustahkamlash uchun ishlar olib borilmoqda. Davlat tomonidan jamg‘armalar ajratilib, dori – darmonlar yetkazib berilmoqda. Bunday ishlarni olib borishda albatta iqtisodiyotning o‘rni ham ahamiyatli, sababi mablag’ bo‘lmasa, biror bir ishni amalga oshirish qiyinchilik tug’diradi.

Orol muammosi nafaqat inson salomatligiga, qishloq xo’jaligiga va boshqa sohalar, davlat iqtisodiyotiga ham juda katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.



XULOSA

Iqlim o‘zgarishi boyicha olib borilgan tahlillarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlari ya’ni Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Shumanayda eng salbiy ko‘rsatkichlar havo harorati yozda juda issiq (+43 dan+530C), qishda esa keskin sovuq (-22 dan -340C) va yog‘ingarchilik kam bo‘lishi kuzatilgan. Bu esa oqava va chuchuk suv bilan ta’minlanish muammolarini yanada keskinroq bo‘lishiga olib kelgan.

Orol dengizi suv sathining pasayishi natijasida 1300 ming gektar maydonni egallagan “Amudaryo deltasi” cho‘lga aylangan va tabiiy yaylovlar, pichanzorlar, to‘qayzorlar maydoni qisqarib, 760 ming gektarli “Amudaryo deltasi”dan hozirda 22 ming gektarga aylanishi natijada chorvachilik yiliga 50 million sentner yaxshi ozuqadan mahrum bo‘lgan.

Hududlardagi kuzatishlardan kelib chiqqan xolda barcha qishloq xo’jaligida ekiladigan maydonlarga sho’r tuproqqa chidamli, moslashgan (golofit) oziqa va yem hashak o’simliklarni ekish maqsadga muvofiqdir.



Fermer xo’jaligidagi chorva mollarini iqlim o‘zgarishiga moslashish chora tadbirlarini va yashash sharoitini yaxshilash, ularning mahsuldorligini oshirishga olib keladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling