I. Fanning mazmuni
Milliy uyg‘onish davri adabiyoti XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi ijtimoiy voqelikning, shu davr ilg‘or ziyoli qatlamlari (jadidlar)ning yuqori saviyadagi fikru qarashlari, xatti-harakatlarining badiiy ifodasi edi. Binobarin, bu davr ijodkorlarining maqsadi esa aniq: turkiy-islomiy huquqiy merosni millat ichida keng va teng yoyish, hurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun kurash edi. Shuning uchun ham ularning ijod mahsullari millatni uyg‘otgan, uni istiqlolga yetaklagan chinakam adabiyotga aylandi. Ushbu fanning mazmuni va maqsadi xuddi shu davr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda yetakchi tamoyillarini ochib berishdan iborat.
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
№
|
Mavzular mazmuni
|
Mashg‘ulotlar maqsadi
|
Ajratilgan soat
|
1
|
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti fanining maqsad va vazifalari
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti fanining maqsadi, vazifalari.
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti atamasi haqida.
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ilk bosqichi.
Davrning ijtimoiy-madaniy qiyofasi.
|
O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixi va boy madaniyati bilan jahon adabiyoti xazinasiga o‘z ulushini qo‘shib kelgan. Shuningdek, XIX asrning II yarmi XX asr boshlaridagi tarixiy davr va adabiy hayot ana shunday g‘oyat ulkan ulushdir. Negaki, bu davr tarixiga nazar tashlasak, jahon sivilizatsiyasi beshigi sanalgan ko‘hna Turkiston osmonini qora bulutlar qoplagan yillar bo‘lgan. Bu yillarda, ya’ni mustamlakachilik siyosatini o‘rnatgan chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi, ona-diyorda til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlar poymol etildi. Ushbu fanning mazmuni va maqsadi xuddi shu davr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda yetakchi tamoyillarini ochib berishdan iborat.
|
2
|
2
|
| |