Mineral elementlarning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi
Download 94.32 Kb.
|
Mineral elementlarning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi
Temir. Yer qobig’i tarkibidagi temir miqdori ancha ko’p. Zaxi yaxshi qochirilgan tuproqlarda temirning amalda deyarli erimaydigan birikmalari hosil bo’ladi. Suv bilan yaxshi to’yingan, aeratsiyasi yomon bo’lgan tuproqlarda temir tuproq kolloidlari bilan mustahkam birikkan tuzlar (sulьfidlar, karbonatlar, fosfatlar) hosil qiladi; u organik moddalar bilan qisman eriydigan va qisman erimaydigan birikmalar hosil qiladi. O’simliklar uni ionlar (Fe2, Fe3) shaklida o’zlashtiradi, kislotali tuproqlarda bu xildagi o’zlashtirish kuchli boradi, Yuksak o’simliklar bargida temir oksidlar holatida to’planish xususiyatiga ega bo’ladi; barglar to’kilganda, yer yuzasidagi to’shama temir elementi bilan boyidi.
O’simliklarda temir energiya almashinuvi protsessida ishtirok etadi (oksidlanish-qaytarilish proiesslarida), azot almashinuviga ta’sir ko’rsatadi. Temirning o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan sharoitda (ayniqsa ohakli tuproqlarda) «ohakli xloroz» paydo bo’ladi. Bunda o’simliklar bargining tomirlari yashilligicha qolib, o’zi rangsizlanadi, ularning sathi kichrayadi. Ana shu holatda o’simliklar tomonidan o’zlashtirilgan temir noaktiv shaklga o’tadi. Temir elementiga «ixtisoslashgan» turlar hozircha ma’lum emas. Ba’zan temir oksidi bilan boy bo’lgan tuproqli maydonlarda o’sadigan ayrim kalьtsifob turlar pioner o’simliklar deb ataladi. Lekin bunda ularda xloroz belgilari va past bo’ylilik kuzatiladi .
Download 94.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling