Mana shu protsesslarning hammasida ham tuproq reaktsiyasi katta rol o’ynaydi. Ildiz orqali o’zlashtirilgan oziq moddalar ma’lum fiziologik va fizik-ximiyaviy protsesslar natijasida to’qimalar va hujayralar bo’ylab tarqaladi. Quyida ko’p moddalar bilan oziqlantirish to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Lekin kalsiy bilan azotning ekologik ahamiyati to’g’risida yuqorida to’xtalganini hisobga olish kerak bo’ladi. - Mana shu protsesslarning hammasida ham tuproq reaktsiyasi katta rol o’ynaydi. Ildiz orqali o’zlashtirilgan oziq moddalar ma’lum fiziologik va fizik-ximiyaviy protsesslar natijasida to’qimalar va hujayralar bo’ylab tarqaladi. Quyida ko’p moddalar bilan oziqlantirish to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Lekin kalsiy bilan azotning ekologik ahamiyati to’g’risida yuqorida to’xtalganini hisobga olish kerak bo’ladi.
- Fosfor tog’ jinslari va tuproqda ortofosfat kislotaning qiyin eriydigan temir, alyuminiy yoki kalsiy tuzlari tarkibida bo’ladi, o’simliklar esa bu kislotalarning ionlarinigina o’zlashtiradi. O’simliklar uchun fosforning ahamiyati nihoyatda katta, lekin tuproqda uning foydali shakllari juda kam bo’ladi. Tuproqda fosfor asosan tirik organizmlarda, o’simliklarning nobud bo’lgan organlarida, chirindi tarkibida, tuproqning mineral tarkibida, tuproq eritmasida bo’ladi. Fosforning o’simliklar o’zlashtirishi qulay bo’lgan birikmalari tuproqda kam bo’lib, o’simliklarning nobud bo’lgan organlari parchalanishidan va minerallanishidan hosil bo’ladi (Rabotnov, 1979).
O’simliklarning fosfor bilan oziqlanishi mikosimbiotrofiya bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Lekin simbiotik azotfiksatsiya tuproqqa azot tushishini oshiradigan bo’lsa, u vaqtda mikoriza hosil qiluvchi zamburug’lar bilan bo’lgan simbiozda tuproqqa qo’shimcha miqdorda fosfor tushmaydi, lekin bunda o’simliklar uning tuproqdagi zapasidan foydalanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bunda simbiozdagi zamburug’ giflari o’simliklar ildiziga fosfatlar o’tishini ta’minlaydi, chunki harakatchai fosfatlar joydan-joyga juda sekin ko’chadi va o’simliklar ildizining singdiradigan qismi atrofida foydali shakldagi fosfatlar tanqisligi sodir bo’lishi mumkin. Bu o’simliklar ildizi uncha chuqur kirmagan fitotsenozlar uchun ayniqsa muhimdir. Lekin ayrim o’simliklar fosforni mikorizasiz ham o’zlashtirishi kuzatiladi. - O’simliklarning fosfor bilan oziqlanishi mikosimbiotrofiya bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Lekin simbiotik azotfiksatsiya tuproqqa azot tushishini oshiradigan bo’lsa, u vaqtda mikoriza hosil qiluvchi zamburug’lar bilan bo’lgan simbiozda tuproqqa qo’shimcha miqdorda fosfor tushmaydi, lekin bunda o’simliklar uning tuproqdagi zapasidan foydalanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bunda simbiozdagi zamburug’ giflari o’simliklar ildiziga fosfatlar o’tishini ta’minlaydi, chunki harakatchai fosfatlar joydan-joyga juda sekin ko’chadi va o’simliklar ildizining singdiradigan qismi atrofida foydali shakldagi fosfatlar tanqisligi sodir bo’lishi mumkin. Bu o’simliklar ildizi uncha chuqur kirmagan fitotsenozlar uchun ayniqsa muhimdir. Lekin ayrim o’simliklar fosforni mikorizasiz ham o’zlashtirishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |