Mineral elementlarning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi
Download 94.32 Kb.
|
Mineral elementlarning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi
Magniy ham, kalьtsiy kabi, yer qobig’ida va ko’pgina tog’ jinslari tarkibida ko’p miqdorda uchraydi. Serpentin haqiqiy magniy jinsi hisoblanadi. Tuproqda magniy karbonatlar (dolomit) shaklida, silikatlar (avgit, olivin), sulьfatlar, xloridlar tarkibida bo’ladi. Xlorofill molekulasining tarkibiy qismi sifatida magniy fotosintez protsessida ishtirok etadi, bundan tashqari, u kolloidlarnnng bo’kishi (shishishi) ning regulyatsiyalanishiga ta’sir ko’rsatadi. Magniy yetishmasligi mexaniq tarkibi yengil bo’lgan kislotali tuproqlarda kuzatiladi. O’sishning susayishi va eski barglar tomirida xloroz paydo bo’lishi magniy yegishmasligi belgilaridir.
Oltingugurt zaxi yaxshi qochirilgan tuproqlarda organik birikmalar shaklida, sulьfidli mnnerallar va aynkqsa sulьfatlar shaklida uchraydi. Sulfatlar ancha yaxshi eruvchan va oson yuvilib ketadigan bo’ladi, shuning uchun zaxi qochirilgan tuproqlarda kam bo’ladi. Gipslarda hosil bo’lgap tuproqlar bundan istisno bo’ladi, lekin ulardagi sulьfatlar ham asta-sekin yuvilib ketadi. Arid oblastlarda bu xildagi tuzlarga boy bo’lgan sizot suvlar yuqori joylashgan tuproqlar sulьfatlar bilan boyish xususiyatiga ega, bu holda tuproq sulьfatlar bilan sho’rlanishi mumkin.Mineral elementlar bilan oziqlanishning ekologik ahamiyati.
Download 94.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling