Ruxga boy bo’lgan tuproqlarda, odatda, daraxt va butalar rivojlanmaydi, turi uncha ko’p bo’lmagai o’simlik qoplami rux ko’p bo’lishiga moslashgan alo-qida turlardan iborat. - Ruxga boy bo’lgan tuproqlarda, odatda, daraxt va butalar rivojlanmaydi, turi uncha ko’p bo’lmagai o’simlik qoplami rux ko’p bo’lishiga moslashgan alo-qida turlardan iborat.
- Tuproqda marganets amorf oksidlar, karbokatlar shaklida, silikatlar tarkibida bo’ladi. O’simliklarda u energiya va azot almashinuvida ishtirok eta.di. Marganets barglarda to’planishi mumkin. Marganets yetishmasa, o’simliklarning o’sishi susayadi, barglarida nekroz belgilari paydo bo’ladi.
- Tuproqda modibden silikatlar tarkibida uchraydi. U o’simlikda azot bilan fosfor almashinuviga ta’sir ko’rsatadi. Azotning normal fiksatsiyasini ta’minlovchi
- mikroorganizmlar uchun molibden juda zarur modda hisoblanadi. Molibden yetishmasa, o’simliklarning o’sishi izdan chiqadi va poyasi deformatsiyalanadn.
Tuproqda bo’r turmalin va borat kislota shaklida uchraydi. O’simliklarda uglevodlar transporti va almashinuviga, chang naychalarining o’sishiga ta’sir ko’rsatadi, ildizlarning o’sishini tezlashtiradi va ildiz hosil bo’lishi uchun muhim omil hisoblanadi. Bor yetishmasa, floema shikastlanadi, uglevodlar transporti izdan chiqadi. - Tuproqda bo’r turmalin va borat kislota shaklida uchraydi. O’simliklarda uglevodlar transporti va almashinuviga, chang naychalarining o’sishiga ta’sir ko’rsatadi, ildizlarning o’sishini tezlashtiradi va ildiz hosil bo’lishi uchun muhim omil hisoblanadi. Bor yetishmasa, floema shikastlanadi, uglevodlar transporti izdan chiqadi.
- Qobalt tuproqda silikat va boshqa tuzdar tarkibida uchraydi, o’simliklarda kolloid va ximiyaviy ta’sir ko’rsatadi, fotosintez fermentlarini aktivlashtiradi va azot fiksatsiyasi normal borishi uchun qulay sharoit yaratadi.
- Tuproqdagi mineral oziq elementlarining ba’zi ekologik xususiyatlari ana shulardan iborat. Ma’lumki, ba’zi turlar mineral oziq moddalarga boy. bo’lgan, boshqalari, aksincha, mineral oziq moddalar kam bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi. SHunga ko’ra, quyidagi o’simlik turlari farq qilinadi: 1) oligotrof turlar, ya’ni mineral oziq elementlari kam bo’lishi bilan kifoyalanadigan turlar; 2) eutrof turlar, ya’ni mineral elementlar ko’p miqdorda bo’lishini afzal ko’radigan turlar; 3) mezotrof turlar, ya’ni mineral oziq elementlariga o’rtacha talabchan bo’lgan turlar. Oligotrof o’simlik turlaridan qarag’ayni misol qilib keltirish mumkin, u mineral oziq elementlari kam bo’lgan tuproqlarda bemalol o’sadi. Dub (eman) esa eutrof turlarga mansub bo’lib, oziq elementlariga boy bo’lgan tuproqlarda o’sadi.Mineral elementlar bilan oziqlanishning ekologik ahamiyati.
- Shunday qilib, o’simliklarniig yashash joyidagi oziq moddalarning nisbiy darajasi, odatda, guruhdagi o’simliklar turiniig o’zaro nisbatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |