V1/V2 = n2/n1 yoki V1 · n1 = V2 · n2
bu yerda, V1 – birinchi eritmaning hajmi; n1 – shu eritmaning normalligi; V2 – ikkinchi eritmaning hajmi; n2 – ikkinchi eritmaning normalligi.
3 – misol. Nitrat kislotaning 0,2 N eritmasining titrlashni hisoblab toping.
Yechish. T = n · E / 1000 g / ml formuladan foydalanib yechamiz:
T 0,2 N nitrat kislota = 0,2 · 63 / 1000 = 0,0126
Eritmani aralashtirish qoidasi. Amalda foiz bilan ifodalangan ikkita eritmadan uchinchi bir eritma yoki konsentratsiyasi katta bo‘lgan eritmadan konsentratsiyasi kichik bo‘lgan eritma tayyorlash kerak bo‘lsa, aralashtirish qoidasidan foydalaniladi. Bu qoidaga muvofiq aralashtirilgan dastlabki ikkita eritma massa miqdorlarining nisbati, aralashtirish uchun olingan va ulardan hosil qilingan eritma konsentratsiyalari ayirmasiga teskari proporsional bo‘ladi. Aralashtirish qoidasining matematik ifodasini algebrik usul bilan yoki «diagonallar» tasviri deb ataladigan usul orqali chiqarish mumkin.
Algebrik usul - katta konsentratsiyali eritmaning konsentratsiyasini S1, massa miqdorini n bilan, kichik konsentratsiyali eritmaning konsentratsiyasini S2 bilan belgilasak, aralashmaning umumiy massa miqdori (n+m) bo‘ladi. Bundan olingan va hosil qilingan eritmalar massa miqdorlarini yoki hajmiy qismlarini ifodalaydigan quyidagi algebrik tenglama tuziladi:
nC1 + mC2 = (n + m) C3 tenglama soddalashtirilsa,
nC1 - mC2 = nC3 - mC2
Do'stlaringiz bilan baham: |