"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"


g efirda 15 g xloroforim bo‘lsa


Download 333.76 Kb.
bet10/45
Sana07.05.2023
Hajmi333.76 Kb.
#1439345
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
Амал.маш.тик.lotin

400 g efirda 15 g xloroforim bo‘lsa
1000 g efirda X g xloroforim bo‘ladi
X = 15 · 1000 / 400 = 37,5 g
Bir molь xloroform 119,5 g desak, xloroformning 37,5 grami 37,5/119,5 = 0,31 molь bo‘ladi.
3. Eritmaning o‘zgarmas hajmidagi konsentratsiyasi molyar, normal konsentratsiya va titr bilan ifodalanadi.
Molyar konsentratsiya. 1 l eritmada erigan moddaning miqdori g / mol soni bilan ifodalanishiga molyar konsentratsiya deb ataladi va M harfi bilan belgilanadi. Masalan, 1 l eritmada 1 molь modda erigan bo‘lsa, 1 molyar (1M), 2 molь modda erigan bo‘lsa, 2 molyar (2M) eritma deyiladi.
Molyar konsentratsiyani quyidagi formulalar bilan ifodalash mumkin:
Sm = m · 1000/M · V
bu yerda, Sm molyar konsentratsiya; m – erigan moddaning grammlarda ifodalangan massasi; M – erigan moddaning molekulyar massasi; V – eritmaning millilitrlarda ifodalangan hajmi.
Normal konsentratsiya. 1 l eritmadagi erigan moddaning miqdori gramm – ekvivalentlar soni bilan ifodalanishiga normal konsentratsiya deyiladi va N harfi bilan belgilanadi. Masalan, 1 l eritmada 1 g/ekvivalent modda erigan bo‘lsa, 1 normal (1 N) eritma deyiladi.
Normal konsentratsiya quyidagi formula bilin ifodalanadi:
Sn = m · 1000/E · V
bu yerda, Sn normal konsentratsiya; m – erigan moddaning grammlarda ifodalangan massasi; E – erigan moddani g/ekvivalent; V – eritmaning millilitrlarda ifodalangan hajmi.
Titir. 1 millilitr eritma tarkibidagi erigan moddaning grammlarda ifodalangan miqdoriga eritmaning titri deb ataladi. Eritmaning titri T harfi bilan belgilanib, quyidagi formula bilan topiladi:
T = n · E / 1000 g/ml
bu yerda, T – titr; n eritmaning normalligi; E – erigan moddaning gramm/ekvivalenti.
Biror moddaning titrlangan eritmasidan foydalanib, ikkinchi eritmaning titrini aniqlash mumkin.
Titrlashda normal eritmalardan foydalanish kerak. Chunki, normalligi bir xil bo‘lgan eritmalar teng hajmlarda reaksiyaga kirishadi. Normalligi har xil bo‘lgan eritmalar o‘zaro normalliklariga teskari proporsional hajmlarda reaksiyaga kirishadi.

Download 333.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling