Ishlab–chiqarish sanoat qurilmalari. Agregatlar AS-67, AS-72 va AS-72M qurilmalari konstruksiyasi va apparatlarning ish rejimi bilan farq qiladi. Masalan: AS-67 agregati uchun sulfatli qo‘shimchalar qo‘shiladi, AS-72 agregatiga sulfat-fosfatli qo‘shimchalari qo‘shiladi, AS-72M ga esa magnezial [Mg (NO3)2] qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Расм..3. И.Т.Н. ыурилмаси.
1 - реакцион стакан. 2 - аммиак барботёри. 3 - нитрат кислота барботёри. 4 - диффузор.
5 - уюрма ъосил ыилгич. 6 - ювгич. 7 - ыалпоычали тарелкалар. 8 - сеткали ажратгич.
Neytralizatsiya issiqlikdan foydalanish (NIF) qurilmasi. NIF qurilmasi po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, (03X18N11, 12XN10T) ikkita silindrik qismdan tuzilgan – pastki reaksion qismi (D=1,6m) va yuqoriga separasion qismi (D=3,8m). qurilmaning umumiy balandligi 10 m. Korpus ichida reaksion kismida reaksion stakan joylashgan (D=1,2m, N=4,3m). Reaksion zonani pastki qismida joylashgan titan barbatyordan ammiak va nitrat kislota kiradi. Barbatyordagi ammiakning tezligi 30 - 50 m/s, nitrat kislota tezligi esa 2160 ta (D=1,5 mm) teshiklar orqali 2,3 m/s. Quyida NIF apparatining tasviri berilgan. Reaksiya issiqligi hisobiga hosil bo‘layotgan ammoniyli selitradan bir qism suv bug‘lanadi (kislotadagi). Shu bilan birga yuqoriga ko‘tariluvchi kuch hosil bo‘ladi va bug‘ - suyuq holdagi emulpsiya yuqoriga reaksion stakandan eritma ajratgichga keladi. U yerdan ajratilgan eritma pastga tushadi va yana reaksiyaga qaytariladi.
Apparatni yuqori qismi separator vazifasini bajaradi. U yerda (0,6 m/s tezlik bilan) pastdan ko‘tarilayotgan sharbat bug‘ to‘tta qalpoqsimon barbatyorlardan o‘tadi. Pastki ikkita tarelkalarda 20 - 25 % li ammoniyli selitra eritmasi bilan bug‘ tarkibidagi ammiak ushlab qolinadi. Yuqoridagi ikkita tarelkalarda esa sharbat bug‘ kondensati bilan nitrat kislota bug‘lari ushlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |