"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"
Download 333.76 Kb.
|
Амал.маш.тик.lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- (99,7–99,8%) 175 0 S
400 - 5000S haroratgacha selitrani tez qizdirsak, parchalanish jarayoni portlash bilan boradi:
NH4NO3 ® N2 +2H2O +0,5O2 +118 kJ Ammoniyli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 58 – 60 % li nitrat kislotasini gazsimon ammiak bilan neytrallash. Selitra eritmasini yuqori konsentrlangan suyuqlanma hosil bo‘lguncha bug‘latish. Suyuqlanmani donadorlash. Selitra donalarni sovitish. Donalar sirt faol moddalar (SFM) bilan ishlov berish. Sovituvchi havo va sharbat bug‘ini tozalash. Tayyor mahsulotni qadoqlash va saqlash. Quyida (2 - rasm) unumdorligi 1360 t/kun bo‘lgan yuqori tonnajli AS–72M agregatining texnologik tasviri keltirilgan. Ammoniyli selitra ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ammiak ombordan 1,4 MPa bosim ostida so‘rib olinib, bug‘latgichlarda gaz holatiga o‘tkaziladi. Gaz holatidagi ammiak isitgich (1) ga beriladi, u yerda 120 – 1600S gacha isitiladi. Isitilgan ammiak ikkita parallel holatda joylashgan NIF qurilmasi (3) ni pastki qismiga beriladi. Bir vaqtning o‘zida ammoniyli selitra ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 58 – 60 % li nitrat kislotasi isitgich (2) da 80–900S haroratgacha isitilib, NIF qurilmasiga beriladi. NIF qurilmasida gaz holidagi ammiak, nitrat kislotasi bilan neytrallanishi natijasida (bu yerda harorat 155-1700S oralig‘ida bo‘ladi) ammoniyli selitra eritmasi hosil bo‘ladi: NH3(g)+HNO3(c)=NH4NO3+145 kJ. NIF qurilmasida hosil bo‘lgan ammoniyli selitra eritmasi (konsentratsiyasi 89 - 90%) parallel joylashtirilgan doneytralizatorlarga beriladi. 1 - ammiak isitkichi 2 - nitrat kislota isitgichi; Z - NIF qurilmasi; 4,5 - doneytralizatorlar; 6 - kombinirlangan bug‘latish qurilmasi; 7 - bug‘-havo aralashmasi sovutgichi; 8, 18 - skrubberlar; 9 - gidrozatvor-doneytralizator; 10 - suyuqlanma filptri; 11 - suyuqlanma baki; 12 - nasos; 13 - markazdan qochma nasos; 14 - Ammoniyli selitra eritmasi uchun bak; 15 – bosim (napor) baki; 16 - akkustik granulyator; 17 - donadorlash minerasi; 19, 22 - ventilyatorlar; 20 - lentali transporter; 21 - qaynash qatlamli sovitkich; 23, 24 - havo isitkichi; 25 - havo haydagich. Doneytralizatorlarda ammoniyli selitra eritmasi muhiti rN=6 gacha neytrallanadi. Doneytralizatorni yuqori qismidan gaz holidagi ammiak beriladi, pastki qismidan esa gigraskopiklikni kamaytirish maqsadida magniy nitratni 30 – 40% li eritmasi beriladi. Gaz holidagi ammiakni berilishiga asosiy sabab shundaki, jarayon paytidagi yo‘qotilayotgan ammiak miqdorini boyitish, hamda eritma tarkibidagi erkin kislota bilan ta’sirlashib ammoniyli selitrasini hosil qilishdir. Hosil bo‘lgan ammoniyli selitra eritmasi kombinirlangan bug‘latish qurilmasi (6) ga beriladi. Bu yerdan ammoniyli selitra eritmasi (99,7–99,8%) 1750S haroratda gidrozatvor–doneyt-ralizator (9) va filptr (10) orqali yig‘gich bak (11) ga beriladi. Bug‘latish qurilmasining yuqorigi qismida bug‘-gaz aralashmalarini yuvib tozalovchi skrubber (7) joylashgan. Bu yerda havo bilan chiqib ketayotgan eritma tomchilari tozalanadi. Yig‘gich bak (11) dan nasos (12) orqali ammoniyli selitra eritmasi donadorlash minorasining yuqori qismida joylashgan bosim baki (15) ga beriladi (minorani korpusi 2 mm li po‘lat 08X17T). Ammoniyli selitra eritmasi donadorlash minorasi (17) ning yuqorigi qismida joylashgan uchta akustik granulyator (16) orqali minora kesim yuzasi bo‘ylab sochib beriladi (minorada jami 6 ta akkustik granulyator bo‘lib, shundan 3 tasi yordamchi granulyator hisoblanadi). Minorani pastki qismidan mavhum qaynash qatlami (21) dan havo oqimi beriladi. Selitra suyuqlanmasi havo bilan to‘qnashuvi natijasida selitra donador holatda qota boshlaydi. U 50 - 55 m balandlikdan tushadi. Berilayotgan havoni hajmi yozda 500 ming m3/soat, qishda esa 300–400 ming m3/soatni tashkil etadi. Minorani pastki qismidan donador selitra lentali transportyor (20) ga tushadi va uchta seksiyali mavhum qaynash qatlamli apparat (21) ga beriladi, donalarning harorati yozda 40 - 500S, qishda esa 20 - 300S gacha sovitiladi. Minoraning yuqori qismidan chiqayotgan havo skrubber (18) ga beriladi. U yerda ammoniyli selitra changlardan 20% ammiakli selitra eritmasi bilan yuvilib, (19) ventilyator orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Tayyor mahsulot lentali transportyor yordamida omborga beriladi. U yerdan istemolchilarga jo‘natiladi. Download 333.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling