"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"


Download 333.76 Kb.
bet12/45
Sana07.05.2023
Hajmi333.76 Kb.
#1439345
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
Амал.маш.тик.lotin

nC1 - mC3 = mC3 - mC2
n(C1 - C3) = m(C3 - C2), bundan n/m = C3 - C2/C1 - C3, bundan S1>C3>C2
Diagonallar tasvir (sxema) usuli–dastlabki eritmalarning konsentratsiyalarini (C1 va C2) chap tomonga, tayyorlanishi kerak bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini (S3) o‘ng tomonning diagonallar keshishadigan joyiga yoziladi va ulardan diagonallar o‘tkaziladi.
So‘ngra S1>C3>C4 bo‘lgan hol uchun S1 dan S3 ayriladi va chiqqan natija diagonal bo‘ylab o‘ng tomonning pastiga yoziladi, keyin S3 dan S2 ayriladi va ayirma diagonal bo‘ylab o‘ng tomonning yuqorisiga yoziladi.
Tasvirda eritma massaviy miqdorlarini (n1 va m) nisbati S3 - S2 bilan S1 - S3 nisbati kabi bo‘ladi, tasvirga asosan:
n/m = C3 – C2 / C1 – C3
4 – misol. 36% li va 28% li osh tuzi eritmasidan 30% li eritma tayyorlash uchun ularni qanday nisbatlarda aralashtirish kerak.
Yechish. Aralashtirish qoidasiga asosan diagonal tasvir usuli bilan hisoblaymiz:
n/m = C3 – C2 / C1 – C3 formulaga asosan quydagicha bo‘ladi.
Demak, 30 % li eritma tayyorlash uchun 36 % li eritmaning ikki massa qismini 28 % li eritmaning 6 massa qismi bilan aralashtirishi kerak.
Eruvchanlik
Har qanday modda maolum bir erituvchida yaxshi eriydi. Moddaning bu erish hususiyatiga eruvchanlik deyiladi. Eruvchanlik miqdoriy jihatdan Ayni haroratda 100 g erituvchida eng ko‘p erishi mumkin bo‘lgan moddaning grammlar soni bilan ifodalanadi. Bunga eruvchanlik koeffisienti deyiladi.
Eruvchanlik erituvchining va eruvchi moddaning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, osh tuzi suvda yaxshi eriydi, benzolda esa erimaydi.
Moddaning eruvchanligi quyidagi usullar bilan ifodalanadi:

  • foiz eruvchanlik – to‘yingan eritmadagi moddaning miqdori eritma yoki erituvchining miqdoriga nisbatan olingan foiz konsentratsiyasi bilan ifodalanadi;

  • molyar eruvchanlik – to‘yingan moddaning molyar konsentratsiyasi bilan ifodalanadi;

  • miqdoriy eruvchanlik – 1 l eritmadagi moddaning miqdori bilan ifodalanadi.

Eruvchanlik haroratga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik qattiq moddalarning eruvchanligi haroratning ko‘tarilishi bilan oshadi. Ayrim hollarda esa haroratning ortishi bilan eruvchanlik kamayib borishi ham mumkin. Bu esa moddaning erish issiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar erishda issiqlik yutilsa, haroratning ko‘tarilishi bilan eruvchanlik ortib boradi, aksincha bo‘lsa, eruvchanlik kamayadi.
Bundan tashqari gazlarning eruvchanligi harorat va bosimga bog‘liq bo‘lib, haroratning ko‘tarilishi bilan eruvchanlik kamayib boradi, bosimning ortishi bilan esa eruvchanlik ortib boradi.

Download 333.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling