Mineral xomashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish reja


Download 91.5 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1248436
1   2   3   4
Bog'liq
MINERAL XOMASHYO RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH

O’zbekiston hududlarida neft va gaz kondensati tabiiy gazning 155 ta istiqbolli konlarida qimmatbaho metallar bo’yicha 40 tadan ortiq nodir va radiaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta konlari qidirib topilgan.

O’zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolin resurslari bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin resurslari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda turadi, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda, mis resurslari bo’yicha 10-16 o’rinda, uran resursi bo’yicha 7-8 o’rinda turadi.

Adabiyotlar ro’yxati:


  • Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovord maqsadimiz.-T-.: 2000.

  • Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l demogratik taraqqiyot va ma’rifiy Dune bilan hamkorlik yo’li.T. 2003.

  • Alimov T.A., Xaskin V.V. Ekologiya. Ucheb.posob. M., 1998.

  • Glushkova V.G., Makar S.V. «Ekonomika prirodopolzovaniya» uchebnoye-posobiye M:, Gardoraki 2005.

  • Xolina V.I. «Osnovi ekonomiki prirodopolzovaniya» Piter 2005.

  • Galitsin A.N. «Osnovi promishlennoy ekologii» Akademiya 2004.


Mineral resurslar - alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui. Mineral resurslar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Ularning oʻzlashtirishga tayyorlangan qismi mineral xom ashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geol.da Mineral resurslar deb Yer kaʼrida foydali qazilmalar sifatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega boʻla oladigan boyliklarga aytiladi.
Mineral resurslar ishlatilishiga qarab turlarga ajratiladi: yoqilgʻi va energetika (neft, tabiiy gaz, kumir, slanetslar, torf, uran rudalari); kora metallar rudasi (temir, marganets, xrom va boshqalar); rangli va legirlovchi metallar rudasi (alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, nikel, kobalt, volfram, molibden, qalay, surma, simob va boshqalar); noyob va nodir metallar rudasi; konchilikkimyo sanoati xom ashyosi (fosforitlar, apatitlar, kaliy va boshqa tuzlar, oltingugurt va uning birikmalari, brom va yod tarkibli eritmalar, barit, flyuorit va boshqalar); zebu ziynat buyumlari yasashga ishlatiladigan qimmatbaho toshlar; noruda sanoat xom ashyosi (slyuda, grafit, asbest, talk, kvars va boshqalar); noruda qurilish materiallari (sement va shisha sanoati xom ashyosi, marmar, granit, shifer slanetslar, tuf, bazalt, gillar); mineral suvlar (yer osti tuzli, chuchuk, minerallashgan, shu jumladan, balneologik va termal va boshqa suvlar). Baʼzi Mineral resurslar turlari bir nechta sanoat sohasida qoʻllanilishi mumkin. Jamiyatning ehtiyoji, texnika va tex-nologiyalarni rivojlanish darajasiga qarab Mineral resurslar tarkibi va miqdori oʻzgaruvchan boʻladi. Mineral resurslar miqdori aniqlangan va bashorat qilingan foydali kazilmalar zaxiralari bilan baholanadi.
Oʻzbekiston Mineral resurslarga boy. Oltin va boshqa rangli va nodir metallar rudasi, neft va tabiiy gaz, kumir, marmar, granit, mineral suvlar va h.k. zaxiralarini sanoat miqyosida oʻzlashtirishi mamlakat ehtiyojini koʻp yillar mobaynida taʼminlaydi. Mineral resurslarning kayta tiklanmaslik xususiyati ulardan ratsi-onal foydalanishni, qazib olib kayta ishlash jarayonlarida nobudgarchilikni kamaytirishni taqozo etadi.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling