Mineral xomashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish reja


Mineral xom- ashyo resurslarini iqtisodiy baholash va uning asosiy ko‘rsatkichlari


Download 91.5 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1248436
1   2   3   4
Bog'liq
MINERAL XOMASHYO RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH

Mineral xom- ashyo resurslarini iqtisodiy baholash va uning asosiy ko‘rsatkichlari



Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish jarayonida xom ashyo yerning chuqur qatlamlaridan yer yuziga chiqadilar, undan foydali elementlar olinadi, so’ngra qayta ishlash uchun xo’jalik korxonalarida to’palanadi yoki mahsulot iste’moli uchun tarqatiladi.

O’zbekistonning mineral xom ashyo resurslari imkoniyati va ulardan unumli foydalanish



Mineral xom ashyo resurslarini iqtisodiy baholash ulardan eng samarali foydalanish yo’nalishlarini hisobga olingan holda, ya’ni maksimal renta bo’yicha amalga oshiriladi. Turli resurslardan bir maqsadda foydalanishda ularni baholash asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslardan foydalanishning samaradorligi bo’yicha amalga oshiriladi.
Masalan, yoqilg’ining turli xillari energiya va issiqlik ishlab chiqarish samaradorligi bo’yicha baholanadi, ya’ni resurslarni yoqishga ketadigan xarajatlarni hisobga olib shartli yoqilg’i bo’yicha hisoblanadi. Resurslardan substrat (asos) va yordamchi material sifatida foydalanilganda ularni asosiy mahsulotini ishlab chiqarish samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishi bo’yicha baholanadi.

Resurslarning kun komponentligi hollarida (ularning tarkibiga konlarni ochish jinslari ham kiradi) resursga renta xom ashyoga rentani ishlab chiqilishi yig’indisi sifatida va ularning resurs birligiga tarkibi asosida aniqlanadi.



Resurslarga to’lovlar foydalanuvchilardan ulardan foydalanishdan qat’iy nazar olinishi kerak. Resurs birligini baholash konlarni optimal ekspluatatsiya qilish muddatlaridan kelib chiqib amalga oshriladi.

Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning istiqbolli yo’nalishlari


  • O’zbekiston hududlari turli foydali qazilma xom ashyolariga boy. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, radioaktiv elementlar, tabiiy gaz, neft va boshqa foydali qazilmalar miqdori bo’yicha ko’pgina davlatlar orasida yetakchi o’rinda turadi.

  • Respublikada tuzlar, alyuminiy xom ashyosi, qoplama bezak va qimmatbaho toshlar, ba’zi kamyob elementlarning katta resurslari aniqlangan. O’zbekiston qurilish materiallari va yoqilg’i energetika resurslariga ham boy. Hozirgi qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va istiqbolli joylar aniqlangan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, tasdiqlangan resurslari 970 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

  • Respublikaning umumiy xom ashyo imkoniyati 3,3 trillion AQSH dollariga teng. Har yili respublika konlarida o’rtacha 5,5 mlrd dollarga teng miqdorida foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6-7 mlrd dollarlik yangi resurslar qo’shilmoqda.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling