Minerallar tóǵrisida malumot


Download 25.15 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi25.15 Kb.
#1369815
  1   2   3
Bog'liq
3-lekciya


Minerallar tóǵrisida malumot
Minerallarning fizikaviy xususiyatlari katta amaliy ahamiyatga ega (magnitlilik, qattiqlik, optik xususiyatlar, radioaktivlik va boshqalar) va ularni diagnostika qilish uchun muhim xususiyatlari hisoblanadi. Ular minerallarning kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishining turiga bog‘liq bo‘ladi.
Minerallarning zichligi taxminan 1 dan 23,04 g/sm3 gacha bo‘lgan qiymat atrofida o‘zgarib turadi. Minerallarning asosiy qismi 2,5 dan 3,5g/sm3gacha bo‘lgan zichlikka ega.
Zichligi bo‘yicha minerallarni shartli ravishda 3 guruxga ajratish mumkin: engil (3 g/sm3 gacha), o‘rtacha (3 dan 4g/sm3 gacha) va og‘ir (4 g/sm3 dan ortiq) minerallar. Ba’zi minerallarni ularning yuqori zichligi orqali tez bilib olish mumkin (bariy 4,6, serusit 6,5g/sm3).
Qattiqligining oshib borishi tartibi bo‘yicha quyidagi minerallar qattiqlik shkalasida etalon minerallar hisoblanadi:



  1. Talk; 2. Gips; 3. Kalsit; 4. Flyuorit; 5. Apatit;

6. Ortoklaz; 7. Kvars; 8. Topaz; 9. Korund; 10. Olmos.

Minerallar turli shakl va ko‘rinishlarda bo‘ladi. Bu ularning kattaligi va morfologik tuzilishiga qarab aniqlanadi. Minerallarning tashqi ko‘rinishi yoki ularning gabitusi u yoki bu oddiy shakllar qirralarining ko‘pligiga qarab aniqlanadi. Minerallar gabitusi, kub, oktaedrik, tetraedrik, prizmatik va boshqacha bo‘lishi mumkin.


Masalan, kub gabitusga: flyuorit, pirit, galit va boshqa minerallar mansub.
O‘ziga xos bo‘lmagan shakldagi minerallarni ham uchratish mumkin. Bunday shaklda paydo bo‘lishni “psevdomorfoza” (“psevdo” – begona) deb ataladi.
Minerallarni ta’riflashda ularning kimyoviy tarkibi va kristall strukturalariga bog‘liq bo‘lgan asosiy xususiyatlari tasniflash birligi yoki belgisi bo‘lib hisoblanadi. M
Anorganik minerallar tasnifi quyidagi prinsiplarga asoslanib tuzilgan. Minerallar asosan kimyoviy reaksiyalarning tabiiy kristallangan maxsulotlari bo‘lganligi sababli, ularni kimyoviy tarkibi va kristall strukturalariga qarab tasniflanadi. Bunday tasniflash amaliy ahamiyatga ega , chunki minerallarning eng muxim fizik va kimyoviy xossalari shu belgilariga bog‘liqdir. Tabiatda barcha minerallar eng avval kimyoviy tarkibiga, kimyoviy birikma turiga va struktura birliklari orasidagi bog‘lanish turiga qarab bir-biridan ajralib turadi. Quyida, tog‘-kon yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalarga moslashtirilgan holda asosiy tog‘ jinsi hosil qiluvchi va ruda minerallari tasnifi soddalashtirilgan holatda keltirildi.
1. Sof holda uchraydigan minerallar.
2. Oltingugurtli (sulfidli) minerallar.
3. Galoidlar (galogenidlar) minerallari.
4. Oksidlar (kislorodli birikmalar) minerallari.
5. Gidrooksidlar minerallari.
6. Silikatlar minerallari.
7. Karbonatlar minerallari.
8. Fosfatlar minerallari.
9. Sulfatlar minerallari.
10. Volframatlar minerallari.
1. Tabiatda sof holda 40 ga yaqin minerallar yoki kimyoviy elementlar ma’lum bo‘lib, ularning asosiy qismi juda kam uchraydi. Ko‘p hollarda oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, ruteniy, radiy, palladiy, uglerod, oltingugurt, misni uchratish mumkin.
2. Oltingugurtli (sulfidli) va shunga o‘xshash 200 turdan ortiq minerallar mavjud bo‘lib, xalkozin, xalkopirit, malaxit, kuprit, galenit, kinovar, sfalerit, pirrotin, kovelin,
pirit – FeS2 ko‘proq uchraydi.
3. Galoidlar – galit (tosh tuzi) NaCl, silvin KCl, flyurit – (CaF2) (optik flyuritning bir turi), MgCl·6H2O va 100 ga yaqin minerallar.
4. Oksidlar – eng ko‘p tarqalganlari kvars SiO4 (kelib chiqishiga qarab SiO2 ham mavjud, suyulish harorati 545ºS - 1710ºS). Metallar kationlari oksidlar tasnifidagi minerallarning kristall tuzilmalarida kislorod anionlarining qurshovida joylashgan. Kuprit – Cu2O ekzogen, korund – As2O3. Gematit – (qizil temir rudasi) Fe2O. Rutil – TiO2. Kassiterit – (qalayli tosh) va boshqalar.

Download 25.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling