Minerallar tóǵrisida malumot
Download 25.15 Kb.
|
3-lekciya
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Karbonatlarga
5. Gidrooksidlar – opal – amorf mineral, tarkibida 3-9% gacha suv bor, limonit (qo‘ng‘ir tusdagi temir rudasi), manganit MnO (OH) - marganets va boshqa minerallar.
6. Silikatlar – 800 ga yaqin minerallar olivin (MnFe)2 [ SiO4] Olivinli bazaltlarda va kimberlitlarda uchraydi. Dala shpatlari (endogen) plagioklazlar va ortoklazlar ko‘proq uchraydi. Plagioklazlar albit va anortit tarkibiga qarab turli nomlarga ega. Piroksenlar: ulardan ko‘p tarqalganlari – avgit – Sa (Mg, Fe, Al)·[(Si, Al2)]O. Avgit – gabbroning (tog‘ jinsi) asosiy tarkibiy qismi va boshqa gil minerallar: kaolinit Al4[Si4 O10](OH)8, montmorillonit – (Al2Mg3)·[Si4O10]·(OH2)·nH2O. 7. Karbonatlarga 80 dan ortiq minerallar kiradi. Ulardan eng ko‘p tarqalgan mineral - kalsit – CaCO3 – island shpati – shaffof (oq-sut rangli) ohaktoshlar, marmarlar tarkibiga kiradi va ohak ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Magnezit – MgCO3 oq rangli olovbardosh g‘ishtlar, sement tayyorlash uchun qo‘llaniladi (ko‘pincha metamorfik jinslarda ham uchraydi). Dolomitlar (oq - kul rangli) gidravlik ohak va olovbardosh materiallar tayyorlashda, marmarlarda uchraydi. Siderit – Fe (CO3) (“sideres” – temir) muhim temir ruda. Rodoxrozit - Mn (CO3) marganets rudasi. Smitsonit - Zn (CO3) qimmatbaho rux rudasi. 8. Fosfatlar – 350 ga yaqin minerallar, magmatik kelib chiqishga ega nodir ekzogen minerallar. Tarkibida monotsit va apatit mavjud. Monotsitlar – seriy – (Se) va boshqa nodir Er metallari, shuningdek toriy – Th fosfati. Tarkibi 5-10% nodir Erlar va toriy uchun ruda sifatida qo‘llaniladi. Apatit – “apata” so‘zidan olingan bo‘lib, “aldayapman” ma’nosini bildiradi, chunki u uzoq vaqt davomida boshqa minerallar o‘rnida qo‘llanib kelingan. Apatitlarning quyidagi turlari mavjud: ftoroapatit – Sa5 [PO4]3F; xloroapatit - Sa5 [PO4]3Cl va boshqalar. Apatitlar yirik va boshqa kristallarda uchraydi. Turli fosforli o‘g‘itlar olish uchun xomashyo sifatida qo‘llaniladi. Fosforitlar – tarkibi bo‘yicha (ingichka dispersli apatitdan iborat) apatitga o‘xshash kalsiy fosfatidan iborat, cho‘kindi usulda xosil bo‘lgan minerallar. 9. Download 25.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling