Minerallar
Minerallarning shaffofligi
Download 50.5 Kb.
|
Minerallar va mineralogiyani sanoatdagi axamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minerallarning yaltiroqligi
Minerallarning shaffofligi - minerallar shaffof (tog` xurustali, topoza, island, shpati) yarim shaffof (izumurud, rux aldamchisi va shaffofmas) va shaffofmas (pirit, magnitet) turlarga bo`linadi. Ko`pgina minerallarninng katta bo`laklari shaffofli bo`lmasdan, ularning mayda plastinkalari va shliflari shaffof bo`lishi mumkin.
Minerallarning yaltiroqligi – minerallar yaltiroqligining xarakteri va intensivligi ularning nurli sindirish va uziga yutish ko`rsatkichlari bilan belgilanadi. Nurli yutish koeffitsenti yuqori bo`lgan minerallar metallik yaltiroqlikka ega bo`lib, ularning yupqa bo`laklari va shliflari xam shaffoflikka ega emas. Minerallarning yaltiroqligi rangiga bog`liq bo`lmay balki ularning nurli sindirish ko`rsatkichi bilan aniqlanadi, qanchalik sindirish ko`rsatkichi yuqori bo`lsa ular yaltiroqligining intensivligi shuncha yuqori bo`ladi. A.Betextin yaltiroqlikni amaliy yul bilan aniqlangan 9 – bosqichga bo`linadi. Shuningdek yaltiroq sindirish ko`rsatkichi: 3-1,9 bo`lgan metallar (tuz, florid, silikatlar va boshqalar). Olmosdek yaltiroq sindirish ko`rsatkichi 1,9-2,6 bo`lgan minerallar. (Tsirkon kassiterit, olmos va boshqalar). Metalsimon yaltirash sindirish ko`rsatkichi 2,6-3,0 gacha bo`lgani minerallar (kinovar, gematit va boshqalar). Metaldek yaltirash sindirish kursatkichi 3dan yukori bulgan minerallar (galinet, pirit, vismut). Shuningdek minerallarning yaltiroqligi minerallarning yuzasidan taralayotgan nur rangining xarakteriga xam bog`liq. Yog`dek yaltirash (sof tug`ma oltingugurtlar, kvarts kristallari, nefelin). Mumdek yaltiroq (kremniyning ayrim turlari, sfaliritning yashirin kristalli xillari). Jilosiz yaltiroq (quruq kaulin, kurimsimon pirolyuzit). Shafoqsimon yaltirash (muskovit, plastinkasimon gips). Ipaksimon yaltirash (asbest). Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling