Minerallarning ranglari Reja
Download 41.41 Kb.
|
Minerallarning ranglari
Minerallarning ranglari Reja Kirish 1. Eksperimental mineralogiya 2. Optik xususiyatlari. 3. Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish.
Mineralogiya Yevropada XVI asrning boshlarida fan bo`lib shakllangan. Bu davrda Leonardo da Vinchi, keyinroq R.Dekart, N.Steno (1638-1686), X.Guygens, R.J.Gayui (1733-1822) va rus olimlaridan M.V.Lomonosov, V.M.Severgin, N.I.Kashkarovlar mineralogiyaga ko`proq e`tibor bera boshladilar. Shved olimlaridan K.Linney va A.Kronshtedtlar minerallarning tarkibini kimyoviy tahlil usuli bilan o`rganishni yo`lga qo`ydi. XX asrning boshlarida yuzaga kelgan ikki yangi yo`nalish, mineralogiyaning yanada rivoj topishini ta`minladi. Bulardan biri - genetik yo`nalish bo`lib, yer qobig`ining turli qatlamlardagi minerallarning hosil bo`lish jarayonlari har tomonlama puxta o`rganildi. Bu yo`nalishga V.I.Vernadskiy, A.E.Fersmanlar asos soldilar. Ikkinchi yo`nalish Ye.S.Fyodorov tomonidan geometriya usulida isbotlangan kristalloximiya tahlili nazariyasidir. Uning nazariyasi bo`yicha, har bir mineral kristall tarkibidagi kimyoviy elementlarning o`zaro joylashishi qat`iy simmetrik qonuniyatlarga bo`ysingan bo`lib, elementlarning joylashishi bilan kristallarning tashqi ko`rinishi (shakli) bir-biriga mos ekanligini aniqladi. Bundan tashqari, XX-asrning 20-yillarda har bir mineral o`ziga xos ichki tuzilishga ega ekanligi rentgen nurlari yordamida amalda isbot qilindi. Keyingi yillarda fizika, kimyo fanlari yutuqlarining samaralari, texnika va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral xom ashyolar izlab topish zarurati mineralogiyaning tez surgatda o`sishiga zamin tayyorladi. Hozir mineralogiyaning quyidagi tarmoqlari mavjud. Tasnifiy (sistematik) mineralogiyaning asosiy vazifasi minerallarning tashqi ko`rinishi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, paragenetik associaciyasi va shular asosida minerallar tasnifini yaratishdan iborat. Hozirgacha 2500 dan ortiq minerallar va ularning turlari aniqlangan. Genetik mineralogiya, minerallarning paydo bo`lish jarayoni, fizik va kimyoviy sharoiti, o`zgarishi, paragenetik associaciyalarining yuzaga kelishini aniqlaydi. Genetik mineralogiya taraqqiyoti V.I.Vernadskiy nomi bilan chambarchas, bog`langan. U minerallarni Yer po`stidagi molekulalar tarixi deb hisoblagan. D.P.Grigorьev tomonidan genetik mineralogiya yangi yo`nalish sifatida rivojlantirildi. Download 41.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling