Minerallarning ranglari Reja
MINERALLARNING FIZIK XUSUSIYATLARI
Download 41.41 Kb.
|
Minerallarning ranglari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minerallarning qattiqligi
MINERALLARNING FIZIK XUSUSIYATLARI.
Minerallarning turi 2,5 mingdan ortiq. Ular tabiatda har xil miqdorda tarqalgan. Aksariyat qismi kam uchraydi. Tog` jinslarini tashkil qiluvchi minerallar Yerning ustki qismi - litosferaning asosini tashkil etadi. Bulardan dala shpatlari -55; piroksen va amfibollar - 15; kvars - 12; slyudalar - 3; gil minerallari -1,5; kalьcit - 1,5; oksidlar va gidroksidlar - 3; fosfatlar - 0,75; xloritlar va ftoritlar - 0,5; sulьfidlari bilan sulьfatlar - 0,3, sof tug`ma elementlar - 0,1 foizni tashkil etadi. Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi og`irligi bo`yicha Yer qobig`ining 67% ni tashkil qiladi. Qolgan minerallar kam miqdorda bo`lishiga qaramasdan xalq xo`jaligida katta ahamiyatga ega. Minerallarning tashqi ko`rinishiga qarab birini ikkinchisidan ajratish ancha mushkul. Har birining o`ziga xos belgisi bor. Ular qattiqligi, yaltiroqligi, rangi, chizig`ining rangi, og`irligi, sinish yuzasi, ulanish tekisliklari va boshqalardir. Minerallarni aniqlashda ushbu qo`llanmada keltirilgan jadval minerallarning fizik xususiyatlari asosida tuzilgan. Jadvaldan foydalanishni yengillashtirish uchun minerallarning fizik xususiyatlariga tegishli bo`lgan ba`zi ko`rsatmalar ilova qilingan. Minerallarning qattiqligi Minerallarni aniqlashda oson usullardan biri bo`lib, muhim diagnostik belgi. Qattiqlikni aniqlashda nemis olimi F. Moosning nisbiy qattiqlik shkalasidan (1811 yilda yaratilgan) foydalaniladi. Bu shkala 10 ta mineraldan iborat bo`lib, ularning qattiqligi biridan ikkinchisiga tomon ortib boradi. Shunga ko`ra, har bir oldingi mineralni keyingi mineral chiza oladi (iz qoldiradi): 1. Talk - Mg3[Si4 O10 ][OH]2 2. Gips - CaSO4 2H2O 3. Kalcit - CaCO3 4. Flyuorit - CaF2 5. Apatit - Ca5 [PO4 ]3F 6. Ortoklaz - KAlSi3O8 7. Kvars - SiO2 8. Topaz - Al2 [SiO4 ](F,OH)2 9. Korund - Al2 O3 10. Olmos – S. . Texnik maqsad uchun minerallarning qattiqligini aniqlashda juda aniq usullar (Brikella, Vinkers, Rokvil va boshqalar) mavjud. Ular mineralning yuzasiga har xil uchlik tig` bilan iz qoldirishga asoslangan. Tig` esa po`lat shar, olmos, konus, piramida va h.k. shaklida bo`lishi mumkin. Bu holda qattiqlik og`irlik kuchining ezilgan maydonga nisbati bilan aniqlanadi Qattiqlikni o`lchaydigan asbob qattiqlik o`lchovi (tverdomer) deyiladi. Uning shkalasida mineralning qattiqlik darajasini juda aniq ko`rish mumkin. Ayrim hollarda asboblar bo`lmaganida, minerallarning qattiqligini qo`l ostidagi mavjud narsalar yordamida ham aniqlash mumkin. Buning uchun biz yumshoq qalamning qattiqligi 1, tirnoqniki 2-2,5, mis tanganiki 3, mixniki (temirdan qilingan) 4-4,5, uchli pichoq yoki shisha sinig`iniki 5-6, po`lat egovning qattiqligi 5,5-7 ga tengligini bilishimiz kifoya. Download 41.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling