Minerallarning ranglari Reja
Download 41.41 Kb.
|
Minerallarning ranglari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minerallarning solishtirma og`irligini piknometr usulida aniqlash.
Solishtirma og`irlik minerallarni aniqlashda ahamiyati katta. Solishtirma og`irlik minerallarda sezilarli ravishda o`zgaruvchan bo`lib, 0,5 dan 21 gacha bo`ladi.
Minerallarning solishtirma og`irligi yig`indisidan tog` jinsining zichligi kelib chiqadi. Minerallarning solishtirma og`irliklari ularning kimyoviy tarkibiga, chunonchi, ion va atomlarining og`irligiga va tabiiy ichki tuzilishlariga (strukturasi) bog`liq. Ichki tuzilishi va zichligi orasidagi munosabatlarni ham har xil polimorf minerallar modifikatsiyalari solishtirma og`irligi misolida ko`rishimiz mumkin: α- kvarsning solishtirma og`irligi 2,23 bo`lsa, - kvarcniki 2,51 ga teng; olmos-3,51; grafit-2,23; pirit-5,1; markazit-4,9 va h.k. Bir xil kimyoviy tarkibdagi minerallarning solishtirma og`irligiga (zichligiga) atomlar orasidagi masofa, koordinatsion son, kimyoviy bog`lanish turi ta`sir etadi, boshqa teng sharoitlarda esa atomlar yoki molekulalar guruhining har xil polimorf modifikatsiyada o`zaro joylashishiga bog`liq. Minerallarning kimyoviy tarkibiga ko`ra solishtirma og`irligi har xil bo`ladi. Izomorf qatoridagi kimyoviy elementlar katta atom og`irligiga ega bo`lsa, u holda solishtirma og`irligi ham ortadi, katta ion radiusida esa aksincha. Masalan, albit Na (Al Si3O8)-anortit Ca(Al2Si2O8). Solishtirma og`irlik 2,61 dan 2,75 gacha o`zgaradi, buni kaliy miqdorining plagioklaz tarkibida ortib borishi bo`yicha kuzatish mumkin. Volframatlar guruhida esa solishtirma og`irlik gubneritdan MnWO4 (7,25) ferberitgacha FeWO4 (7,60) o`zgaradi. Olivin guruhidagi minerallarda ham xuddi shunday, forsteritdan Mg2(SiO4) (3,21) fayalitgacha Fe2(SiO4) (4,14) ortib boradi. Minerallarning solishtirma og`irligini piknometr usulida aniqlash. Bu usul keng tarqalgan, ammo mashaqqatli hisoblanadi. Piknometr ma`lum hajmga ega bo`lgan shisha kolbacha bo`lib, har xil ko`rinishda bo`ladi. Ishni bajarish tartibi: 1.Piknometrning og`irligi po`kak tiqin bilan uch marotaba tarozida o`lchanadi va ularning o`rtacha natijasi olinib, piknometrning o`zgarmas og`irligi (P) deb yoziladi. Har gal o`lchov oldidan piknometr yuvilib quritiladi. 2. Piknometrning hajmini o`lchash uchun ma`lum belgiga qadar moddalardan tozalangan (distillangan) suv to`ldiriladi. Suv solingan piknometrni eksikatorga joylashtiriladi, uning ichidagi havosini so`rib olish (Komovskiyning maxsus nasos qurilmasi bilan) uchun yoki piknometrni suvli stakanga solib qaynatiladi. Ortiqcha suv po`kak tiqin tirqishidan chiqariladi. Keyingi piknometrni sovutib, belgiga qadar yetmagan suv solinadi va piknometrni uch marotaba tortiladi. Shuning natijasida piknometrning o`zgarmas hajmi (Pc-P) chiqadi. 1. Mineral namunasini tekshirish uchun tayyorlash. Buning uchun aniqlanadigan mineral namunasi hovonchada maydalanib, ma`lum o`lchamga keltirilib, mikroskop (binokulyar) ostida kerakli mineral turi ajratib olinadi va uni spirt bilan yuviladi, quritiladi. Mineralning miqdori va zarrachalar o`lchami piknometr hajmiga va tirqish diametriga bog`liq. 2. O`lchangan quruq piknometrga mineral namunasini solamiz (taxminan piknometr hajmining 1/3 yoki 1/4 qismicha) va tarozida og`irligini o`lchaymiz (PH) . 3. Piknometrga ozgina tozalangan suv solinadi (piknometr hajmining yarmiga qadar va nasosli eksikatorga joylashtiriladi yoki suvli stakanga qaynatish uchun solinadi. Eksikatordan havo so`rib olinadi. Qaynatish tugagandan so`ng eksikator bilan havo to`ldiriladi va sovutiladi. Shu yo`l bilan mineral namunasining mikroyoriqlariga suv to`ladi. Keyin esa belgiga qadar piknometrga suv solinadi va uch marotaba o`lchanadi. O`lchov natijalarini Ph – P (Pc - P) – (Phc - P) formulaga qo`yib, mineral namunaning solishtirma og`irligi aniqlanadi. Bu yerda P- bo`sh piknometr og`irligi, PH -mineral namunasi, PC - suv bilan piknometr og`irligi. Ko`pgina minerallar suvda eruvchanlik xususiyatiga ega (sulfatlar, galoidlar, nitratlar va boshqalar). Bu holda suv o`rniga o`zga suyuqliklar (spirt, brombenzol va h. k.) dan foydalanish kerak. Ish davomida har bir o`lchamni va qilinayotgan ishlarni yozib borish kerak, chunki amaliy natija nazariy natijadan farq qilgudek bo`lsa, u holda bajarilgan ishdagi kamchiliklarni tuzatish zarur bo`ladi. Olingan natijaning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun bir necha marotaba yuqorida qayd qilingan ishni takrorlash zarur yoki bir necha marta piknometrda shu mineral namunasini aniqlash ishlarini olib borish lozim. Bajarilgan ishlar hisobining o`rtacha qiymati aniq solishtirma og`irlik bo`ladi. Download 41.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling