Minerallarning tasnifi. Asosiy jins hosil qiluvchi va ruda minerallarining xarakteristikasi


Sulfidlar. Sfalerit(rux aldamchisi) ZnS


Download 24.33 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi24.33 Kb.
#1242960
1   2   3   4
Bog'liq
Minerallarning tasnifi. Asosiy jins hosil qiluvchi va ruda miner

Sulfidlar.
Sfalerit(rux aldamchisi) ZnS – ko’pchilik xollarda kurtaksimon rivojlangan, yaxlit massali yaxshi shakllangan tetraedrik kristall shaklda uchraydi.Qattiqligi 3,5–4; zichligi 3,9-4,2 gG`sm3; odatda qo’ng’ir yoki mallarangda bo’ladi, ayrim xollarda qora kamdan–kam sariq, qizil, yashilsimon yoki rangsiz bo’lishi mumkin. Sariq yoki xar xil qo’ng’ir rangda jilovlanadi.Yaltiroqligi–olmosdek.Yoki shafaqsimon ulashish tekisligi juda mukammal o’zidan oltingugurt ajratib azot kislotasining kontsentratsiyasida eriydi.Asosan galenit bilan birga uchraydigan gidrotermal konlari mavjud.Rux olishdagi asosiy ruda hisoblinadi.
PIRIT FlS2 – ko’pchilik xollarda yaxlit massali, kirralari yaxlit rivojlangan kubik kristall xolida uchraydi.Qattiqligi 6-6,5, zichligi 4,9-5,2 gG`sm3, rangi samondek sariq, ayrim xollarda ola–bula va qo’ng’ir rangda taraladi, chegarasi qo’ng’ir qora; metaldek yaltiroq, ulanish tekisligi juda nomukammal. Sulfidlarning ichida yer yuzasida eng ko’p tarqalgan va xar xil sharoitda hosil bo’ladi. Sulfat kislotasi olishda ishlatiladi.
Xalkopirit SiFeS2 – Kristallar teragonal singoniyada shakllangan. Nomuvofiq donador yoki yaxlit massa shaklida uchraydi. Qattiqligi 3,5-4; zichligi 4,1-4,3 gG`sm3, rangi latundek sariq, ko’pincha ola–bula taraladi. Metalldek yaltiroq, chegarasi qoraga yaqin yashil rang. Turli geologik sharoitlarda shakllanadi.Mis rudasi sifatida ishlatiladi.
Galloid birikmalar
Galet NaCl – mssasini kristall singoniyasi kub shaklida. Qattiqligi – 2,5 zichligi 2,1-2,2 gG`sm3 shaffof va rangsiz kulrang jilovlanadi, sariqqo’ng’ir va qora rangda; shishasimon yaltiroq, ta'mi tuzdek, suvda eriydi, ulanish tekisligi juda mukammal. Ko’pchilik konlari cho’kindi usulida hosil bo’ladi.
Flyuorit CaF2 Kristall shakllari, qirralari yaxshi rivojlangan kubik, ayrim xollarda oktaedr singoniyali.Qattiqligi – 4, zichligi - 3,2 gG`sm3 , asosan sariq, yashil, havo rang, siyoxrang, qoramtir siyoxrang tongda ayrim turlari rangsiz. Shishasimon yaltiroq; ulanish tekisligi mukammal.Ko’plab gidrotermal konlari mavjud.

Download 24.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling