Minerallarning tasnifi. Asosiy jins hosil qiluvchi va ruda minerallarining xarakteristikasi
Download 24.33 Kb.
|
Minerallarning tasnifi. Asosiy jins hosil qiluvchi va ruda miner
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gips CaSO4 2H2O
- Volframatlar Volframit (Fe,Mn)WO4
- Sheyelit.CaWO4
- Tsirkon.Zr(SiO4
- O’zlashtirish savollari
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Sulfatlar
Barit BaSO4 – zich dag’al donador massali rombli mineral xolatda uchraydi.Qattiqligi 3,0-3,3 zichligi 4,3-4,6 gg`sm3 ulanish tekisligi mukammal, rangi kulrang, oq, qizg’ish va xavorang; kislotalarda erimaydi. Bari preparatlari olishda, kraska, poligrafiya sanoatida va boshqalarda, Gips CaSO4 2H2O-Kristallari tablitkasimon ustunli, prizmatik shaklda monoklin singoniyali;qatiqligi 1,5 zichligi 2,3gg`sm3 ulanish tekisligi mukamimal rangi oq, kulrang, qizg’ish va sarg’ish, kristallari rangsiz. Qurilishda qog’oz, tsement va ximiya sanoatida va qishloq xo’jaligida ishlatiladi. Volframatlar Volframit (Fe,Mn)WO4 Kristallari tablitkasimon yoki prizmatik shakllangan monoklin singoniyali. Qattiqligi 4,5-5,5, zichligi 6,7-7,5 gg`sm3, rangi qora qo’ng’ir yoki qora chegarasi qo’ngqirdan qora va sariqgacha, yaltiroqligi shafaqsimon, ulanish tekisligi mukammal. Gidrotermal kvarts tomirlari, grezen va pegmatitlarda uchraydi. Volfram rudasi. Sheyelit.CaWO4 Tetragonal singoniyali, qatiqligi 4,5, zichligi 5,8-6,2gg`sm3 rangi oq, kulrang va qizg’ish, yaltiroqligi yog’dek,olmosdek. Kontakt-metosomatik konlarda gidrotermal va pegmatik tomirlarida uchraydi. Volfram rudasi. Fosfatlar Apatit Sa5{PO4}3, {F,Cl}.Geksogonal singoniyali. Rangsiz, oq, yashil, havo rang, sariq, qo’ng’ir rang, siyoxrang, yaltiroqligi shishadeksinish tekisligi yog’simon. Qattiqligi 5,0, zichligi 3,2 gg`sm3 ulanish tekisligi nomukammal, sinish tekisligi notekis. Gidrotermal konlarda va va chiqindi jinslarda kuzatiladi. QishloQ xo’jaligida gugurt ishlab chiqarishda, keramika sanoatida ishlatiladi. Silikatlar. A.YE. Fersmanning hisob kitobiga qaraganda silikatlar barcha ma'lum bo’lgan minerallarning 1G`3 qismini, yer qobig’i massasining 75 foizini tashkil qilar ekan. Tsirkon.Zr(SiO4). Kristallari tetrogonal singoniyali, qattikligi 7-8, zichligi 4,7 gG`sm3. Rangsiz yoki sariq, pushtirang, qo’ng’irrang, qizil, yashil, siyoxrangda bo’lishi mumkin.Metallurgiyada qimmatbaxo o’tga chidamli material sifatida, farfor sanotida, emalli idishlar ishlab chiqarishda, yuviler sanoatida ishlatiladi.Ulanish tekisligi mukammal. O’zlashtirish savollari Minerallar qaysi xususiyatlariga ko’ra tasniflanadi? Minerallar strukturasi deganda nima tushuniladi? Minerallarga tarif berishda qaysi belgilariga asosiy e'tibor beriladi? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. IslomovO.I. “Umumiygeologiya” «O’qituvchi» 1991 yil. 2.ShoraxmedovSH.SH.“Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil. 3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil. 4. Bitextin. “Mineralogiya” Download 24.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling