Minerallarning tasnifi


Download 51.5 Kb.
bet4/4
Sana08.11.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1755148
1   2   3   4
Bog'liq
asosiy jins hosil qiluvchi minerallar

Sulfatlar
Barit BaSO4 – zich dag`al donador massali rombli mineral xolatda uchraydi. Qattiqligi 3,0-3,3 zichligi 4,3-4,6 gg`sm3 ulanish tekisligi mukammal, rangi kulrang, oq, qizg`ish va xavorang; kislotalarda erimaydi. Bari preparatlari olishda, kraska, poligrafiya sanoatida va boshqalarda,
Gips CaSO4 2H2O-Kristallari tablitkasimon ustunli, prizmatik shaklda monoklin singoniyali; qatiqligi 1,5 zichligi 2,3gg`sm3 ulanish tekisligi mukamimal rangi oq, kulrang, qizg`ish va sarg`ish, kristallari rangsiz. Qurilishda qog`oz, tsement va ximiya sanoatida va qishloq xo`jaligida ishlatiladi.
Volframatlar
Volframit (Fe,Mn)WO4 Kristallari tablitkasimon yoki prizmatik shakllangan monoklin singoniyali. Qattiqligi 4,5-5,5, zichligi 6,7-7,5 gg`sm3, rangi qora qo`ng`ir yoki qora chegarasi qo`ngqirdan qora va sariqgacha, yaltiroqligi shafaqsimon, ulanish tekisligi mukammal. Gidrotermal kvarts tomirlari, grezen va pegmatitlarda uchraydi. Volfram rudasi.
Sheyelit.CaWO4 Tetragonal singoniyali, qatiqligi 4,5, zichligi 5,8-6,2gg`sm3 rangi oq, kulrang va qizg`ish, yaltiroqligi yog`dek, olmosdek. Kontakt-metosomatik konlarda gidrotermal va pegmatik tomirlarida uchraydi. Volfram rudasi.


Fosfatlar
Apatit Sa5{PO4}3, {F,Cl}.Geksogonal singoniyali. Rangsiz, oq, yashil, havo rang, sariq, qo`ng`ir rang, siyoxrang, yaltiroqligi shishadek sinish tekisligi yog`simon. Qattiqligi 5,0, zichligi 3,2 gg`sm3 ulanish tekisligi nomukammal, sinish tekisligi notekis. Gidrotermal konlarda va va chiqindi jinslarda kuzatiladi. QishloQ xo`jaligida gugurt ishlab chiqarishda, keramika sanoatida ishlatiladi.
Silikatlar.
A.YE. Fersmanning hisob kitobiga qaraganda silikatlar barcha ma`lum bo`lgan minerallarning 1G`3 qismini, yer qobig`i massasining 75 foizini tashkil qilar ekan.
Tsirkon. Zr(SiO4). Kristallari tetrogonal singoniyali, qattikligi 7-8, zichligi 4,7 gG`sm3. Rangsiz yoki sariq, pushtirang, qo`ng`irrang, qizil, yashil, siyoxrangda bo`lishi mumkin. Metallurgiyada qimmatbaxo o`tga chidamli material sifatida, farfor sanotida, emalli idishlar ishlab chiqarishda, yuviler sanoatida ishlatiladi. Ulanish tekisligi mukammal.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O`qituvchi» 1991 yil.

2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O`qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O`qituvchi» 1991 yil.
4. www.ziyonet.uz
5. www.qmii.uz
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling