Mineralogiya


Download 1.54 Mb.
bet67/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Olivin-xromit-platina minerallar guruhi. Bu guruh minerallar o`ta asos jinslar bilan, ayniqsa dunit-garsburgit formatsiyalari bilan uzviy bog`liq. O`ta asos jinslar tabiatda kam tarqalgan bo`lib, barcha magmatik jinslarning 0,4% ni tashkil etadi. Bulardan kengroq tarqalganlari-peridotitlar. Ularning egallagan maydoni dunitga nisbatan 40 barobar ko`proq. Dunit-garsburgit formatsiyalarni tashkil qiladigan jinslar orasida joylashgan xromit uyumlari xolsimon, uyasimon shakllarda bo`ladi. Ushbu xromit ma`dan konining mansub minerallaridan biri-xromshpinelidlar-(Mg,Fe) (Cr,AI, Fe)2O4. bunday konlarga aloqador dunit-garcburgitli formatsiya orogen o`lkalarda ba`zan orogen va platformalarning tutashgan joylarida yuzaga keladi. Bu formatsiyalarning egallagan maydonlari 1-50 km2 gacha bo`ladi.
Platforma o`lkalarda yanada kattaroq maydonlarni egallaydi. Xromit konlarini yuzaga keltiruvchi dunit-peridotit formatsiyalarining har xil davrlarda yuzaga kelgan: Hindistonda-kembriygacha, Uralda-kaledon davri, Eron, Turkiyada-gercin davrida, hamda Albaniya, Yugoslaviya va boshqalarda alьp davrida yuzaga kelgan. Shunday xromit konlaridan biri sifatida Qozog`iston Respublikasida joylashgan Kampirsoy koni. Intruzivning egallagan maydoni –920 km2 bo`lib, o`rab turgan metamorfik jinslar kembriy davriga mansub. Intruzivni tashkil etgan jins peridotitlardan iborat bo`lib tarkibida (% hisobida): olivin-79,0; rombik piroksen-19,5; xromshpinelidlar-1,5, magmadan keyingi jarayonlarning ta`siri o`zgarib ikkilamchi minerallar: serpentin-68, bastit-7,5, tremolit-3,5, talьk-2, xlorit-0,5 yuzaga kelgan. Bulardan dastlab forsterit, xromshpinelidlar, keyin rombik piroksen, platinoidlar hosil bo`lgan.
Olivin (Fo90-20 Fa10-20) dunit va peridotitlarning asosiy qismini tashkil qiladi. U panidiomorf (asli saqlangan) ko`rinishda bo`ladi. Olivinning aksariyat qismi serpentinlashgan.

Xromshpinelid-dunit-garsburgit formatsiyalariga mansub mineral. Xromshpinelidlar ba`zan olivindan oldin, ba`zan undan ozroq keyin yuzaga keladi. Bu guruhga oid minerallarning barchasi tabiatda bir xil sharoitda hosil bo`ladi va ularning tashqi belgilari bir-biriga o`xshab ketadi, shunga ko`ra ularni bir-birlaridan kimyoviy tahlilsiz ajratib bo`lmaydi. Dunit-garsburgit formaciyalaridagi xromit minerallari quyidagi asosiy mineral turlaridan iborat: xromit FeCr2O4, magnoxromit-(Mg,Fe)Cr2Oalumoxromit - Fe(Cr,AI)2O4, xrompikotit-(Mg,Fe)(Cr,AI)2O4. Bulardan ko`proq uchraydiganlari xromshpinelidlar bo`lib, tarkibdagi xrom oksidning miqdori ancha o`zgaruvchan-18% dan 62% gacha. Xromshpinelidlar deyarli o`taasos jinslar tarkibida tarqoq donalar holida va shuningdek uya, linza, ustinsimon, shaklli yaxlit uyumlar holida uchraydi. Bular bilan doimo och yashil serpentin, xromli xlorit, ba`zan zumrad yashil rangli granatlar bilan uchraydi. Xromshpinelidlar bilan platina minerallari ham birga uchraydi.
Piroksenlarning ushbu formatsiyada ikki turi-rombik (enstatit, gipersten va bronzit) va monoklin (diopsid-gedenbergit qatori) ishtirok etadi. Rombik piroksenlar yaqqol o`zining shaklida uchraydi. Monoklinallar esa ular oralarida yoki chekka qismlarini ishg`ol etadi.
Serpentin-olivin hisobiga o`zgarishi natijasida yuzaga keladi va o`z navbatida quyidagi xillar-antigorit va lizarit ba`zan tolasimon xrizotil yuzaga keladi.
Platinoidlar-poliksen xili tarkibida temir miqdori –5-12% mis-0,5-12%, iridiy-7%, osmiy iridiy-15%. Bundan tashqari iridiyli platina (iridiy miqdori 10-30%) uchraydi. Platina minerallari biroz magnitli xususiyatiga ega.
Platinaning minerallari oz miqdorda xromshpinelidlar orasida, aksariyat qismi formatsiyalarga mansub bo`lgan piroksenlardan keyin yuzaga keladi. Ushbu formatsiyalarga mansub bo`lgan platinaning boshqa xillari–misli platina kuprumplatina (Cu-10-12%), nikeli platina (Ni-3-5%) turlari birga hosil bo`ladi. Yuqorida bayon etilgan minerallar bilan birga kam miqdorda oltingugurtning temir, mis, nikel va boshqa birikmalarini uchratish mumkin. Demak, dunit-garcburgitli formatsiyalari oralarida joylashgan xrom, platina ma`dan konlariga mansub minerallardan- olivin (Fo90-95 Fa10-5), xromshpinelidlardan iridiy va osmiyli xillari bo`lishi mumkin.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling