Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikelin – NiAs.
Antimonit – Sb2S3. Mineral nomi yunoncha «antimonium» surma so`zini anglatadi. Tarkibi Sb – 71,4%, S – 28,6%, aralashma sifatida As, Ag, Au uchraydi. Rombik singoniyali, ko`proq prizma shaklida, ustunchaga, ignaga o`xshash, yonlari tik chiziqlar bilan qoplangan bo`ladi. Ba`zan antimonit kristallari qiyshaygan, hatto buralib ketgan bo`ladi. Antimonitning rangi qo`rg`oshindek kulrang, ba’zan kristallari ko`kimtir qora bo`lib tovlanadi. U shaffof emas, metall kabi yaltiraydi, uning qattiqligi 2-2,5, ancha mo`rt mineral. Ulanish tekisligi prizma bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 4,6, elektr tokini o`tkazmaydi. Antimonitni boshqa minerallardan farqlash uchun, unga KONdan bir tomchi tomizilsa, u parchalanib, sarg`ish, keyin sarg`ish-qizil rangga kiradi.
Uning yirik uyumlari gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Ba`zan vulqon mo`rilarida va atrofida vulkan mahsulotlari orasida uchraydi. Oksidlanish zonalarida ancha osonlik bilan parchalanib, turli oksidlarga - valentenid, servantit, kermezitlarga aylanadi. Mashhur konlariga Farg`ona vodiysidagi - Qadamjoy, Yaponiyaning Shikoku orolidagi Itshinokava konlari yaxlit misol bo`la oladi. Surmaning qo`rg`oshin va rux bilan tayyorlangan qotishmasi «tipografiya metali» deb yuritiladi. Surma, rezina, kauchuk, to`qimachilik sanoatida, shisha tayyorlashda va tibbiyotda ishlatiladi. Surmani qazib olishda antimonit asosiy manba hisoblanadi. Nikelin – NiAs. Tarkibida - 43,9% nikel - 56,1% margimush bo`ladi, izomorf aralashma holida Fe – 1-2,5%, S – 1-5%, Cu – 0,1%, Sb – 2%, Bi – 0,1% uchraydi. Tabiatda geksagonal singogiyada kristallanadi. Nikelin kristallari kam uchraydi, odatda yaxlit massalar, ba`zan xol-xol hamda buyraksimon ko`rinishlarda yuzaga keladi. Qattiqligi – 5, mo`rt, ulanish tekisligi mukammal emas. U elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Nikelin rangi – misdek - qizil, metall kabi yaltiraydi. Fizik xossalari bo`yicha bornitga o`xshash, undan rangi va metall kabi yaltirashi bilan farqlanadi. Nikelinning aksariyat qismi gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Nikelin oksidlanish hisobiga och yashil rangli mineral annabergitga – Ni[AsO4]2 · 8H2O – aylanadi. Nikelin sof tug`ma vismutli (ginesberg) kobalt-nikel-kumush formatsiyasini hosil qiladi - Saksoniyadagi ma`dan tog` koni. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling