Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
Xalkozin – Cu2S. Nomi yunoncha "xalkos" mis so`zini anglatadi. U ba`zan mis yaltirog`i ham deyiladi. Xalkozin uch modifikatsiyada uchraydi, bulardan biri quyi haroratda bo`lib, 91o dan past haroratda turg`un bo`lib, rombik singoniyada kristallanadi. Qolgan ikkitasi yuqori haroratda (91o dan yuqorida) yuzaga kelib, geksagonal va kubik shakllarda kristallanadi. Tabiiy xalkozin ko`pincha quyi haroratda hosil bo`lgan rombik (β - xalkozin) va xalkozin aralashmasidan tashkil topgan.
Xalkozin tarkibida - Cu - 79,9% va S - 20,1%, bundan tashqari Ag, As, Fe, Co, Ni aralashmalari bo`ladi. Singoniyasi - rombik. Xalkozinning yaxshi kristallari kam uchraydi, ammo ko`pincha qalin tabletkasimon, kalta ustunlar hosil qiladi. Ayrim hollarda geksagonal qiyofada bo`ladi. Tabiatda yaxlit, mayda donali bo`lib - bornit, xalkopirit ba`zan sfalerit, galenit, kovelinlarning o`rniga pesvdomorfozalar shaklida xol-xol bo`lib uchraydi. Xalkozinning rangi - qo`rg`oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2-3, solishtirma og`irligi 5,5-5,8, elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Xalkozin HNO3 da erib, oltingugurt ajraladi. Xalkozin gidrotermal va ayniqsa ekzogen jarayonda paydo bo`ladi. Xalkozin nurash zonalarida bardosh bera olmaydi va parchalanib kuprit, malaxit va azurit kabi mis oksidlariga aylanadi. Xalkozin misga eng boy sulьfid bo`lib, mis qazib olishda katta ahamiyatga ega. Xalьkozin ma`danining yaxlit massalari Sh.Uraldagi Turinsk konida uchraydi. Uncha boy bo`lmagan xol-xol xalkozin ma`danlari Qo`ng`irot (Balxash ko`li) Qozog`iston va Olmaliq mis konlarida aniqlangan. Argentit – Ag2S. Nomi yunoncha "argentum" kumush so`zidan kelib chiqqan. Argentitning ikki modifikaciyasi mavjud, bulardan biri - yuqori haroratli (179o C dan yuqori) kubik modifikaciyali - argintit va 2) past haroratli (179o C past) rombik singoniyali - akantit. Argentit tarkibida - Ag - 87,1%, S - 12,9%, bundan tashqari aralashma sifatida mis, qo`rg`oshin, surma uchraydi. Argentit - rombik singoniyali, rangi qo`rg`oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi, pichoqda yaxshi kesiladi. Tabiatda kub, ba`zan oktaedr ko`rinishlarda bo`ladi. Qattiqligi -2-2,5, mo`rt mineral. Ulanish tekisligi kub bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi - 7,2-7,4. Argentitning aksariyati gidrotermal jarayonida paydo bo`ladi. Odatda tarkibida kumush bo`lgan boshqa minerallar bilan birga kumush oladigan manbaa hisoblanadi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling