Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
Vermikulit-(Mg,Fe)2[(SiAI)4O10](OH), 4H2O. Nomi yunoncha «vermikulus»-chuvalchang so`zidan kelib chiqqan, sababi uni qizdirganda uzun chuvalchangsimon ustunchalar, va tolalar hosil bo`ladi. Tarkibida, MgO-14-23%, Fe2O3-5-17%, FeO-1-3%, SiO2 -37-42%, AI2O3-10-13%, H2-8-18%, bundan tashqari K2O-5% gacha va NiO-11% bo`ladi.
Monoklin singoniyali, qo`ng`ir, sarg`ish, qo`ng`ir, sariq ba`zan yashilroq slyudalardek yaltiroq, yog`langandek. Uning qattiqligi 1-1,5, ulanish tekisligi bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 2,4-2,7. vermikulitni-900-1000oC qizdirilganda 25 marta kengayadi. Tabiatda slyudalarning nurashidan yuzaga keladi. Glaukonit-K(Fe,AI,Mg)3[Si3][SiAI]O10 (OH)2 nH2O Tarkibida: K2O-4-9,5%, Na2O-3 gacha, AI2O3-5,5-26,3%, Fe2O3-6,1%, FeO-8,6 gacha, MgO-2,4-4,5%. SiO2-47,6-52,9%, H2O-4,9-13,5% bo`ladi. U monoklin singoniyali, yaxshi kristali kam uchraydi. Uning rangi to`q yashildan qoramtir-yashilgacha, shishadek yaltiraydi, yog`langandek, qattiqligi 2-3, mo`rt, solishtirma og`irligi 2,8 gacha. Glaukonit dengiz va okeanlarning biroz sayoz, qirg`oq bo`ylarida yuzaga kelgan, cho`kindilarda qumtosh, gil, karbonatli jinslarda, fosforitli qatlamlarda keng tarqalgan. U qand-shakar, pivo pishirish, to`qimachilikda qo`llaniladi. Serpentin-Mg6[Si4O10](OH)8. Tarkibida: MgO-43%, SiO2-44,1%, H2O-12,9%. Monoklin singoniyali, yaxshi kristallari uchramaydi. Uning yaxshi kristallari antigoritda mavjud. Uning rangi yashil, shishadek yaltiroq, yog`langandek. qattiqligi 2-3, antigoritda 3,5 atrofida. Serpentinlar o`ta asos jinslarning (dunit, peridotit, va olivinga boy asosli) gidrotermal o`zgarishidan yuzaga keladi. Serpentinning xrizotil-asbest turi mavjud. U ingichka tolali. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling