Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Montmorillonit
Paligorskit-m2MgO.3SiO2 .4H2O.nAI2O3.4SiO2 .5H2O.
Tarkibi o`zgaruvchan, odatda oq rangli sarg`ish tusli bo`ladi. qattiqligi 2-2,5, solishtirma og`irligi 2,3. bu mineral kam uchraydi, o`ta asos jinslarning nurashidan paydo bo`ladi. Kaolinit-AI4[Si4O10](OH)8 . Tarkibida: AI2O3-39,5%, SiO2-46,5%, H2O-14%. Monoklin singoniyali, agregatlari sochiluvchan, tangachasimon zich mayda. U rangsiz, oq sarg`ish, ba`zan ko`kimtir tovlanadi, sadafdek yaltiraydi. Uning qattiqligi 1 ga yaqin. Tabiatda alumosilikatlarga boy (dala shpatlari va sludalarga) intruziv va kristallik slaneslarning nurash zonalarida paydo bo`ladi. Kaolinit sanoatning ko`p tarmoqlarida ishlatiladi. Galluazit-AI4[Si4O10]8 .8H2O. Tarkibida: AI2O3-34,7%, SiO2-40,8%, H2O—24,5%. U monoklin singoniyali, mayda disperslangan, zarralarni elektron mikroskoplarda aniqlash mumkin. Rangi har xil: sarg`ish, qizg`ish, qo`ng`irroq, yangi singan joyi chinniga o`xshash, goho mumdek g`ovak-g`ovak va sochiluvchan, qattiqligi 1-2, mo`rt, mineralni tirnoq bilan qirganda silliqlanadi. Uning solishtirma og`irligi 2, uni kaolinitlardan ajratish qiyin. Galluazit tipik ekzogen mineral, ko`pincha asosli intruziv jinslarning nurash zonalarida paydo bo`ladi. Montmorillonit-mMg3 [Si4O10 ](OH)2 . Tarkibi o`zgaruvchan (% hisobida) SiO2-48,56, AI2O3-11-22, MgO-4-9, H2O-12-24, monoklin singoniyali, kul rang, ba`zan ko`kimtir, pushti qizil, yashil bo`ladi. U deyarli faqat ekzogen sharoitda asos va o`ta asos jinsning nurash zonalarida paydo bo`ladi. Uning ahamiyati katta, sanoatning ko`p tarmoqlarida ishlatiladi. Lazurit-Na8[AISiO4]6 [SO4 ]. Tarkibida: NaO-16,8%, CaO-8,7%, AI2O3-27,2%, SiO2 -31,8%, SO3-11,8%. U kubik singoniyali, rangi to`q ko`k, binafsha, ba`zan havo rang, shishadek yaltiraydi. Uning qattiqligi 5,5- mo`rt, solishtirma og`irligi 2,4. U odatda ishqorli va nordon-ishqorli jinslar va ularning pegmatitlarida topiladi. Lazurit ko`rkam bezak tosh sifatida ishlatiladi. Natrolit-Na2[AI2Si3O10 ]∙.2H2O. Tarkibida: Na2O-16,3%, AI2O3-26,8%, SiO2-47,4%, H2O-9,5%. Rombik singoniyali, ustunsimon bo`ladi. Agregatlari radial-nursimon, goho tolali massa holida uchraydi. Qattiqligi 5,5, mo`rt, solishtirma og`irligi 2,2-2,5. U ko`pincha effuziv (bazalt) orasidagi bodomsimon bo`shliqlarda uchraydi. Natrolit nefelinli sienitlarning nurash zonalarida yuzaga keladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling