Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xloritlar guruhi minerallari
Profillit-AI2 [Si4O10](OH)2
Tarkibida: AI2O3-28,3%, SiO2-66,7, H2O-5,0%, aralashma holida MgO-9% gacha, FeO-5% gacha bo`ladi. Monoklin singoniyali, odatda shu`la kabi tuzilgan agregatlar, ayrimda yashirin tangachalardan iborat zich jins holida topiladi. U sarg`ish oq, och yashil, yarim shaffof, shishadek yaltiraydi, varaqchalari sadafdek tovlanadi. Uning qattiqligi –1, qo`lga yog`langandek tuyuladi, solishtirma og`irligi-2,9. pirofillitni talьkdan ajratish qiyin. U past haroratda yuzaga kelgan mineral hisoblanadi. Xloritlar guruhi minerallari Bu guruhga mansub minerallar keng tarqalgan. Ko`p jihatdan sludalarga o`xshaydi. Ular monoklin singoniyada kristallanadi. Qattiqligi va solishtirma og`irligi kichik, odatda shishadek yaltiraydi. Ushbu guruhga kiradigan minerallar tasnifi bilan Chermak, Vinchell shug`ullangan. Ular fikricha xloritlar-pennin, klinoxlor, piroxlorit va amezitlarga ajratiladi. Pennin-(Mg,Fe)5AI[AlSi3O10[OH]8 Kimyoviy tarkibi o`zgaruvchan: MgO-17,4-35,9%, FeO-1-17,4%, Fe2O3-55,7, AI2O3-13,8-21,3% SiO2-29,8-33,7%, H2O-11,5-14,6% atrofida . monoklin singoniyali, plastinkasimon, tabletkasimon bo`ladi. Uning rangi har xil tusli shishadek yashildan qoramtir yashilgacha, ba`zan pushti, ayrimda oq bo`ladi. Qattiqligi 2-2,5, varaqchalari egiluvchan, ulanish tekisligi (001) bo`yicha o`ta mukammal, solishtirma og`irligi 2,8. U ko`pincha xloritli slaneslarda yuzaga keladi. Shamozit-Fe4AI[Si3AlO10 ][OH]6.nH2O. Tarkibi o`zgaruvchan (% hisobida) FeO-34-42, Fe2O3, AI2O3-13-20,1, SiO2 -22-29, H2O-10-13, aralashma holida MgO-4,4%, CaO-1,6% bo`ladi. U monoklin singoniyali, rangi yashildan qoragacha, shishasimon yaltiraydi, qattiqligi-3, solishtirma og`irligi 3,4, shamozit har xil yoshdagi, cho`kindi temir, ma`danlarida tarqalgan, temir sulfidlari, siderit bilan temir birga uchraydi. U ba`zan katta-katta qatlam jinslar tarzida topiladi va shunday paytlarda temir ma`dani sifatida sanoat ahamiyatiga ega. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling