Mineralogiya va minerallar haqida tushincha
Download 28.19 Kb.
|
mineralogiya va minerallar haqida tu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Mineralogiya va minerallar haqida tushincha Reja: Umumiy ma’lumotlar. Mineral va mineralogiya to‘g‘risida tushuncha. Minerallarni sanoatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Minerallar va mineralogik tadqiqotlarning sanoatdagi ahamiyati Tayanch iboralar: yer qobig‘i, litosfera, qazilma boyliklari, qora metallar, yoqilg‘i - energetika boyliklar, rudali foydali qazilmalar, kimyoviy xom ashyolar, bezak toshlar. Yer qobig‘ining ichida va uning sirtida bo‘lib turadigan xima-xil fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof tug‘ma elementlar minerallar deb yuritiladi. Yerning ustki qattik qobig‘i litosfera deb ataladi. U turli tog‘ jinslaridan, kamroq ma’danlardan tuzilgan. Tog‘ jinslari va ma’danlar har xil minerallardan tashkil topgan. Bu atama qadimiy "mineral", ya’ni ma’danli tosh, ma’danning parchasi degan so‘zdan kelib chiqqan. Minerallar Yer qobig‘ida sodir bo‘ladigan xilma-xil fizik-kimyoviy jarayonlarning tabiiy birikmalaridan iborat. Tabiatdagi minerallar, asosan qattiq holatda uchraydi, lekin simob, suv va neft kabi suyuq minerallar ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi, vodorod sulfidi, sulfid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Hozirgi vaqtda taxminan 4000 dan ortiq minerallar va ularning turi turi aniqlangan. Tog‘ jinslarining hosil bo‘lishida, asosan faqat 50 taga yaqin mineral qatnashadi. Bunday minerallar jins hosil qiluvchi minerallar deb yuritiladi. Jins hosil qiluvchi minerallarning paydo bo‘lish konuniyatlarini, tarkib va fizik xossalarini bilmasdan turib tog‘ jinslarini o‘rganish mumkin emas. Minerallarning muhim fizik xossalarini aniqlashda kimyoviy, termik va boshqa tahlillar natijalaridan foydalaniladi. Ularga kuyidagilar kiradi: 1. Morfologik xossalari - kristalli shakllari, ularning tabiiy o‘simtalari, agregatlarining tuzilishi, konkretsiyalar, jeodalar, oolitlar. 2. Optik xossalari - mineral bo‘lagining rangi, izining rangi, tiniqligi, yaltiroqligi. 3. Mexanik xossalari - mineralning qattiqligi (Moos shkalasi), ulanish tekisligi, sinishi va murtligi. 4. Kimyoviy xossalari - xlorid kislota bilan uzaro reaksiyasi, erishi, mazasi va hidi. 5. Boshqa xossalari - solishtirma og‘irligi va magnitlik xususiyati.
Download 28.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling