Miniatyura va kitob grafikasi
Download 113.11 Kb.
|
Bitimalish JO'RAB(1)АбдМ
1.3. Qog’oz yaratilish tarixi
Bugungi kunda dunyoda qog’ozga bo’lgan ehtiyoj anchagina katta. Shu boisdan jahonning qariyib barcha davlatlarida qog’oz ishlab chiqaradigan fabrikalar ishlab turibdi. Xususan o’zimizda ham ko’plab shunday fabrikalar mavjud. Qog’oz jahonda eksperti bo’yicha anchagina oldinda turadi. Dunyoda qog’ozning har xil formatlari bor “A” ya’ni Yevropa va Osiyoda tan olingan formatdir. “B” Janubiy va Shimoliy Amerikada joriy etilgan format. Aynan bizning yurtimizda esa qog’ozning ko’plab turlari ishlab chiqariladi. Lekin bizning bu galgi mavzuimiz qadimgi qog’ozlarga o’xshatib tayyorlanadigan tut qog’oz haqida. Nega aynan bu mavzu ? Chunki hozirgi kunda qadimiy kitoblarimiz, eski qo’lyozma varoqlar, naqshlar tushirilgan tarixiy qog’ozlarimiz yo’qolib boryapti. Ularni ko’pchilik o’z maqsadi yo’lida ishlatib tashlamoqda. Bizning yurtimizda qog’ozning qadri balanddir. Ko’pchilikka bu bilinmas balki, lekin aynan shu sohada ishlaydigan insonlar uchun qog’oz qimmatbaho narsadir. Bu qog’oz mavzusining dolzarbligi qayerda ? Boshida aytib o’tganimizdek hozirgi paytga kelib qadimiy hisoblangan qo’lyozma kitoblarimiz yo’qolib bormoqda. Muzeylarda arxivlarda kutubxonalarda balkim yaxshi saqlanar, lekin xalqning qo’lida ham bunday kitoblardan talaygina. Mana shunisi bizni tashvishga soladi. Nega deysizmi ? Nega deganda hozirgi paytda qog’oz tayyorlashni bilmagan ba’zi kasb egalari eski qog’ozlardagi, qadimiy qo’lyozma kitoblardan olingan varoqlardagi yozuvlarni o’chirib yuvib tashlab ustidan boshqa yozuv yozib yoki biror rasm chizib yoki o’zini shu holicha pullash bilan ovoradirlar. Bu hol esa anchagina achinarlidir. Sababi bizning qaysidir ma’noda tariximiz yo’qolib bormoqda. Axir shu isrof bo’layotgan qogo’zlarda bizning qanchadan qancha sirli tariximiz ham mavhumlikka yuz tutmoqda. Qog'ozni xitoyliklar kashf etishgan. Bu tasodif emas. Chunki Xitoy dunyo svilizatsiyasiga ta’sir qilgan davlatlar qatorida turadi. Birinchidan, Xitoy juda qadim zamonlardayoq o'zining kitobiy sermushohada mafkurasi hamda, amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi va materialiga talab yuqori bo'lgan. Qog'oz ixtiro qilingunicha Xitoyliklar bambuk taxatachalari yoki shoyi matolarga yozishgan. Lekin shoyi o'ta qimmat, bambuk esa, noqulay va o'g'ir bo'lgan. Masalan bitta bambuk taxtachaga o'rtacha 30 ta ieroglif siqqan. Endi tasavvur qiling, bitta o'rtacha hajmdagi kitob yozish uchun bunday taxtachadan qancha zarur bo'lgan ekan? Bunday "Bambukli kitob"ni ko'tarib yurish uchun butun boshli arava kerak bo'lgan. Ikkinchidan, faqat Xitoyliklargina uzoq davrlar mobaynida ipak va shoyi ishlab chiqarish sirlarini bilishgan va qog'oz ishlab chiqarish jarayoni aynan ipak uchun pillalarni texnik qayta ishlash bosqichidan rivoj topgan. Bu hodisa quyidagicha yuz bergan: Ipakchilik bilan shug'ullanuvchi ayollar, ipak qurti pillalarini qaynatib olib, keyin bo'yraga yoyishgan va suvga bo'ktirib, bir jinsli bo'tqasimon massa hosil bo'lgunicha ishqalashgan. Bu bo'tqani suvdan siqib olishgach, shoyi qo'goz hosil bo'lgan. Lekin, bunday mexanik va issiqlik ta'sirlaridan keyin bo'yralar yuzasi bo'ylab yupqa tolasimon qatlam, paydo bo'lib, quritib, sidirib olingach juda yupqa, ammo yozuv uchun qulay qog'ozga aylangan. Keyinchalik ipakchilar, yaroqsiz ipak pillalarini maxsus saralab, maqsadli ravishda qog'oz ishlab chiqarishga yo'naltiradigan bo'ldilar. Bunda ular, doimiy tanish jarayonni takrorlar edilar: pillalarni qaynatishardi, yuvib olib mayadalab, qog'oz bo'tqasi hosil bo'lunicha ishqalab aralashtirishardi. Va nihoyat tayyorlangan qog'oz qatlamlarini quritib olib, shaklga keltirib tayyor mahsulot ko'rinishida taqdim etishardi. Mazkur jarayon ular uchun odatiy ish - ipak va shoyi tayyorlashdan juda kam farq qilgan. Bunday usulda tayyorlangan qog'oz ham ancha qimmat turgan, chunki uning xom ashyosining o'zi ham qimmat edi. Tabiiyki, qog'ozni faqat ipak tolasidan qilish shart emasligi, unga tola beradigan har qanday xom ashyo, xususan o'simliklarning ham mos kelaverishi mumkinligini tez orada anglab yetishdi. 105-yilda Imperator saroyidagi mansabdorlardan biri Tsay Lune baliqchilik to'rlaridan qog'ozning yangi turini tayyorlab ko'rdi. Sifati bo'yicha u pilla qog'ozidan qolishmas, tannarxi bo'yicha esa, ancha arzon edi. Bu muhim ixtiro nafaqat Xitoy, balki butun insoniyat uchun katta ahamiyatga ega edi. Tarixda birinchi bor odamlar yozish uchun sifatli va arzon materialga ega bo'ldilar. Shu sababli ham Tsay Lunning ismi, insoniyatning buyuk ixtirochilari qatorida yodga olinadi. Keyingi asrlarda qog'oz tayyorlash jarayoni rivojiga katta ta'sir qilgan bir necha takomillashtiruvlar joriy etildi. IV asrga kelib qog'oz bambuk taxtachalarini iste'moldan butunlay siqib chiqardi. Tajribalar orqali qog'ozni endilikda daraxr po'stlog'i, qamish yoki boshqa tolali o'simliklardan olish usullari o'ylab topildi. Ayniqsa bambukdan qog'oz tayyorlash texnologiyasining kashf etilishi Xitoy uchun katta ahamiyatga molik hodisa bo'ldi. Chunki mazkur o'simlikning Xitoyda katta miqdorlarda o'sib yetilishi, xom ashyoga bo'lgan talabni cheksiz qondirish imkoniyatini berardi. Bambukni titib, tilib mayda payrahalar holiga keltirishgan va uni so'ndirilgan ohak bilan ivitib, hosil bo'lgan quyqani bir necha kun mobaynida qaynatib olishgan. So'ngra quyqani o'ralarga sizdirib olib, maxsus yog'ochlar bilan tuyib chiqishgan va xamirsimon yopishqoq massa hosil bo'lgunicha suv bilan aralashtirib turishgan. Mazkur xom ashyoni maxsus shaklli qoliplarga quyib, presslashgan. Qolipdan chiqarilganda yupqa, yozuv uchun mutlaqo yaroqli qog'oz hosil bo'lgan. Qo'gozga kerakli o'lcham berib qirqib chiqish bilan jarayon yakunlangan va mahsulot tayyor holda iste'molchilarga yuborilgan.Vaqt o'tishi bilan Xitoyliklar qog'oz tayyorlashni san'at darajasida o'zlashtirdilar. Asrlar davomida ular o'z odatlariga ko'ra qog'oz tayyorlash texnologiyasini boshqa xalqlardan qattiq sir saqlashdi. Lekin, 751-yilda, Tyan-Shan tog'lari etagidagi arablar bilan to'qnashuvda bir nechta xitoylik qog'oz ustalari asirga tushib qolishdi. Ulardan arablar qog'oz tayyorlash usullarini o'rganib oldilar va keying bir necha asr davomida yevropani mazkur mahsulot bilan ancha samarali ravishda ta'min qildilar. Yevropaliklar madaniylashgan xalqlar ichidagi qog'oz tayyorlashni eng kech o'zlashtirgan hisoblanadilar. Bu san'atni arablardan o'rgangan birinchi Yevropa xalqi ispanlar bo'lishdi. 1154-yilda qog'oz ishlab chiqarishi Itlaiyda, 1228-yilda Germaniyada, so`ngra esa Angliyada ham o'zlashtirildi. Keyingi asrlarda qog'oz butun jahon bo'yicha keng tarqalib, bosqichma bosqich yangi qo'llanish sohalariga kirib bormoqda. Qog'ozning hayotimizda tutgan ahamiyati shunchalik muhimki, farang mutaxassisi A.Sim fikriga ko'ra, bizning eramizni "Qog'oz erasi" deb atasak ham bo'laverar ekan. Shunday qilib kitob tayyorlash usullari ham paydo bo’la boshladi. Kitobat sanʼati (arab. Kataba - yozish, yozmoq soʻzidan) — qoʻlyozma kitoblarni yaratish va ziynatlash. Markaziy Osiyoda (jumladan, Oʻrta Osiyoda) qoʻlyozma kitoblarni bezash juda qadimdan madaniyat taraqqiyot bosqichlari bilan bogʻliq holda shakllangan. Eng qadimgi kitoblardan "Avesto" qoʻlyozmalari, sugʻd tilida yaratilgan "Vessantaraka jataka" asari (uning varoqlari turli mamlakatlar Rossiya, Fransiya, Angliyada saqlanadi), sopol yuzasidagi bitiklar, charm oʻramlari, metall buyumlardagi yozuvlar, qogʻoz varoq taxlamalari (taxtachalar orasiga olib tizimchalar bilan bogʻlangan turi) va boshqa oʻrta asrlarda umum musulmon yoki arab tilidagi qoʻlyozma anʼanalariga asoslangan Kitobat sanʼati toʻliq shakllandi va yuksak taraqqiyot darajasiga erishdi. Kitobat sanʼati hunarmandlar — qogʻozrez, xattot, lavvoh, muzahhib, musavvir, sahhof (muqovasoz) va boshqalardan iborat Guruh (jamoa) tomonidan bajariladigan jarayon boʻlib, Oʻrta va Yaqin Sharq islom tasarrufidagi davlatlarda bir xil usulda amalga oshirilgan. Qoʻlyozma kitob uchun yaxshi, sifatli qogoz tanlangan, xattot matnni qogʻozga yozishda maxsus qogʻozkarton (mistar) ustiga ip tortib uning izini matn yoziladigan qogʻozga tushirib olgandan soʻng xat yozilgan. Matnni joylashtirilishi xattotning mahoratiga bogʻliq boʻlgan. Bitilgan matnni lavvoh hoshiya qogʻozga yelimlagan. Ustidan jadvalkash ayni yopishtirilgan joydan turli ranglarda chiziqlar tortib, matnni jadvalga olgan. Soʻngra muzahhib suyultirilgan oltin va boshqa turli ranglar yordamida qoʻlyozmani ziynatlagan va "shams", "lavha", "sarlavha", "zarvaraq" "xotima" naqshlar bilan bezagan. Boʻsh qoldirilgan joylarga musavvir rasm (miniatyura) ishlagan. Musavvir, naqqosh nafis qamish qalam bilan rasmning asosiy tarhini, shakllar chizigʻini, zaminni, detallarni chizib, soʻng turli rangda (oltin, kumush ishlatgan holda) boʻyagan. Muqovachi qoʻlyozmani karton yoki charmdan ishlangan (naqsh zarb qilingan, boʻyoqlar, oltin bilan boʻyalgan) muqovaga biriktirgan, muqova qopqogʻi yogʻochdan baʼzan kumushdan quyib tayyorlangan hamda bosma, oʻyma va qadama naqshlar, yorqin rasmlar bilan bezatilgan. Oʻrta asrlar (VIII—XII asrlar) da mutafakkirlar, olimlar asarlari, asosan, arab tilida (Xorazmiyning "Kitobi surat al-arz" — "Yer tasviri kitobi", 1036; Beruniyning "Osor ul boqiya" — "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", XIV asr va boshqalar), keyinchalik (X—XIX asrlar) fors tilida bitilgan va rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar davri (1370 — 1506) dan boshlab turkiy — oʻzbek tilida kitoblar yaratilishiga alohida eʼtibor berilgan. Saroy kutubxonalari va nufuzli shaxslar uchun tayyorlangan qoʻlyozmalar Kitobat sanʼatining yuksak namunasi darajasida yaratilgan. Mumtoz Sharq adabiyoti namoyandalari (Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Bedil, Alisher Navoiy va boshqalar) asarlari, buyuk allomalar (Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek va boshqalar)ning ilmiy asarlari qoʻlyozmalari shu usulda tayyorlangan Kitobat sanʼatining nodir durdonalaridir. Ularning aksariyati Oʻzbekiston F.A Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Jumladan, shoira Nodira buyurtmasiga binoan xattot Muhammad Yusuf Dabir tomonidan XIX asrda Qoʻqonda koʻchirilgan Alisher Navoiyning sheʼrlar toʻplami — "Devoni Alisher Navoiy" qoʻlyozma kitobi ishlangan bezaklariga koʻra, dunyoda Kitobat sanʼatida yagona nusxadir. Unda musavvir va xattot Navoiy asarlari insoniyatga quyoshdek nur sochib turishini ramziy tasvirlagan naqshlar mavjud. Kitobat sanʼati XX asrgacha davom etgan. XX asr 70—80-yillarida bir guruh olimlar (jumladan, A. Madraimov, Sh. Salimov, Muhammadjonov va boshqalar) saʼy-harakatlari, ijodiy izlanishlari natijasida anʼanaviy qoʻlyozma kitob yaratish sanʼati — Kitobat sanʼati qayta tiklandi. Sh. Muhammadjonov samarali ijod qilmoqda: "Navoiy lirikasi", "Kalila va Dimna", "Devonu lugʻotit turk", "Ipak yoʻli hikoyalari" va boshqa kitoblarni Kitobat sanʼati usulida nafis bezaklar, tasvirlar bilan bezatib tayyorladi. Download 113.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling