Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Download 0.68 Mb.
bet16/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Tirniauz fabrikasida nafaqat qimmatbaho komponentlarning, balki, yo`ldosh bo`sh tog’ jinslarining moddiy tarkibini murakkabligi bo`yicha ajralib turuvchi Tirniauz koni vol’fram-molibden rudalari boyitiladi. Rudali minerallar: — sheelit (foizning o`ndan bir ulushida), molibdenit (foizning yuzdan bir ulushida), povellit, qisman ferrimolibdit, xalkopirit, vismu­tin, pirrotin, pirit, arsenopirit. Noruda minerallar: — skarnlar (50—70%), chig’anoqlar (21—48%), granit (1 — 12%), mramor (0,4— 2%), kvarts, flyuorit, kaltsit, apatit (3—10%) va boshqalar.
Konning tepa qismida 50—60% molibden povellit va ferrimolibdit ko`rinishida bo`lib, pastki qismida esa ularning miqdori 10—20% gacha kamayadi. SHeeltda izamorf qo`shimcha sifatida molibden uchraydi.
Fabrikaning maydalash bo`linmasida ruda —12 mm gacha maydalanib, bunkerga tashlanarda va ikki spiralli klassifikator bilan yopiq tsiklda ishlovchi sharli tegirmonda bir bosqichda 60% gacha —0,074 mm sinfda yanchilar edi.
Yang tayyorlash jarayoni texnologiyasiga ko`ra ruda —350 mm gacha maydalanadi, 74 mm sinfda g’alvirlanib, katta va kichik sinfdagi mahsulotlar alohida alohida o`ziyanchar tegirmnga yuboriladi.
Yirik maydalangan (—350 mm) ruda diametri 7 m bulgan (MMS-70X23) o`ziyanchar tegirmonida yanchiladi. Ikkinchi bosqich yanchishda esa ruda MSHR-3600X5000 bir spiralli 1KSN-3 klassifikatori bilan yopiq tsiklda ishlovchi yanchilgan mahsulotni markazdan bo`shatuvchi sharli tegirmonida 62% gacha —0,074 mm sinfda yanchiladi.
Yanchilgan tayyor mahsulot yanchish tsexidan flotatsiya tsexiga gidrotransport yordamida etkaziladi. Gidrotransport yo`li bahaybat muhandislik inshoati bo`lib, u bo`tanani 600 m balandlikdan tushirib beradi. U ikkita 630 mm diametrli quvurdan tashkil topib, uzunligi 1750 m ga teng. Har bir quvurda diametri 1620 mm, balandligi 5 m bo`lgan 126 ta tinchlantiruvchi quduq o`rnatilgan.


Ma`ruza №5. Qo`rg’oshin rudalarni boyitish texnologiyasi


Reja:
1. Qo`rg’oshinning asosiy xossalari va qo`llanilish o`rinlari.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling