Garnierit, yoki numeit, - murakkab va o`zgaruvchan kimyoviy tarkibli nikel silikati. Nikel miqdori 35% gacha. Tarkibidagi aralashmalarga qarab (magniy, alyuminiy i temir) yashil-sariq va to`q yashil rangli. Nikel silikatli rudalar tarkibiga kiradi.
Nikel asosan mis - nikelli rudalar konlaridan ajratib olinadi (umumiy qayta ishlanadigan nikelning 65%). Bu konlar rudalari tarkibiga kiradigan asosiy minerallar - pirrotin, pentlandit, xal’kopirit, millerit, violarit, xamda platina, galenit, sfalerit, bornit guruxlari minerallari. MDX xududida bu tarkibli rudalar kolsk yarim orolida va va Norilsk xududida joylashgan. Kanada 40 dan ortiq sulfidli mis - nikel rudalari qazib olinadi, ulardan eng yiriklari Falkonbridj, Kreyton, Frund, Linn-Leyk. Bu rudalar Janubiy Afrika, Avstraliya, Finlyandiya, SHvetsiya, Norvegiyava AQSHda qazib olinadi.sulfidli rudalarda nikel miqdori 0,3% dan 4 %gacha, kam misli rudalarda mis va nikel nisbati 0,5 dan 0,8 gacha, yuqori misli rudalarda esa 2 dan 4 gacha.Bu rudalarda mis va nikeldan tashqari kobalt, oltin, platina, palladiy, ruteniy, selen, tellur xam uchraydi.
Minerallar tuzilishi hususiyatlariga qarab sulfidli rudalar quyidagi turlarga bo`linadi:
- zarrador rudalar– sulfidli nikel rudalari orasida keng tarqalgan xisoblanadi. Bu rudalarda sulfidli minerallar serpentizlangan olivin va piroksen orasida joylashgan. Nikel, mis va kobalt nisbati 55 – 50:28 – 23:1ga teng.
- brekcha ko`rinishidagi rudalar boy sanoat rudalari turiga kiradi. Tog’ jinslarida miqdori 2%dan 25%gacha. Bu turdagi rudalar mayda zarrali sulfidli massaga tsementlangan serpentinit, fillit, tuffit, bo`laklaridan tashkil topgan bo`lib tarkibida 60-75% pirrotin, pentlandit i xal’kopirit bo`ladi. Nikel, mis va kobalt nisbati — 56 : 22 : 1;
- butun sulfidli rudalar quyi qismida brekcha ko`rinishidagi rudalar bilan chambarchas bog’liq. Ular asosan pirrotin (60—80%), pentlandit i xal’kopiritdan tashkil topgan bo`ladi. Pentlandit zarrachalari kattaligi 5-10mmga etishi mumkin. Metamorfizm jarayonida bu rudalarda desul’fidizatsiyava birlamchi sulfidlar oksidlanishi boradi, va natijada pirit, magnetit, siderit va violarit xosil bo`ladi. Nikel, mis va kobalt nisbati 35—25 : 17—14 : 1;
Do'stlaringiz bilan baham: |