Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Oltinni cho`ktirish mashinalarida saralash


Download 0.68 Mb.
bet28/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Oltinni cho`ktirish mashinalarida saralash
Oltin va boshqa zichligi yuqori zarrachalarni bo`tanalardan ushlab qoladigan uskuna –gidroqopqon (gidrolovushka) dir. Ular boshi pastga qaratilgan konus yoki piramida shaklidagi idishlarni eslatadi. Bu uskunalarga suv pastki tomonidan kiritiladi. Oltin zarralari suv yoki bo`tana bilan kirib, konusning to`nkarilgan uchida to`planadi. Engil zarracha bo`tana bilan yuqoriga oqib ketaveradi. Oltin zarralari ko`payishi bilan, uskuna ishi qisqa muddatga to`xtatilib, boyitma (kontsentrat) – oltin zarralar taglik qopqoqdan tushirib olinadi.
Qopqonlar bitta yoki bir nechta “Tunkarilgan konuslardan” iborat bo`ladi.
Boyitmalar miqdori, ishlovdagi ruda miqdorining 1% dan oshmaydi, u har 6-8 soatda bo`shatiladi. Agar ruda kvarts tarkibli bo`lsa unumdorlik yuqori bo`ladi.
”Qopqonlar” slanetsli, nam tuproqli rudalar uchun uncha yaramaydi.
“Qopqon tutgich” larga qaraganda oldtin zarralarini “ushlab qolishda” cho`ktirish mashinalar qo`l keladi. Bunday mashinalarda suv muhit yuqorilama – tebranma to`lqin harakatida bo`lib, zichligi turli bo`lgan moddalar yaxshi ajraladi. Zarralar taqsimlanishini yaxshilash uchun cho`ktirish mashinalarining kameralari setkalariga po`lat zarrachalar (rezina-sharlar), og’ir mineral granullari to`shaladi.
Ko`tarilma suv oqimi va to`shama po`lat zuldirchalar ustma-ust tebranishi natijasida, ruda zarralari siyraklanib g’ovak massa hosil qilib ko`tariladi, tushayotganda esa og’irlari avval, engillari keyin to`shama ustiga tushadi. SHu tariqa og’ir oltin zarralar pastga, engil bo`sh jinslar ust qismiga to`kilib, suv oqimi va tebranma harakat tufayli maxsus tarnov sliv- moslamadan oqib tushib ketaveradi.
Og’ir oltin zarralar maxsus “cho`ntak” qutilarga to`planadi yoki vaqti-vaqti bilan ular dastgohlardan bo`shatib olinadi.
Pul’sator deb ataluvchi cho`ktirish moslama ikki kameradan iborat. Biri asosiy ishchi kamera, ikkinchisi pul’satsiyani ta`minlovchi kameralar. Ishchi kamera setkasi ustida po`lat zuldirchalar yoki gematit zuldirchalar (12-6 mm) to`shaladi. Tebranma to`lqin pul’sator orqali 3-15 mm suv ustuni bosimida, minutiga 300-600 marta tebranma pul’s beriladi.
Oltin saralash fabrikalarida diafragmali cho`ktirish mashinalari ham keng qo`llaniladi. Bunda suv yuqorilama urilma harakati vertikal shtiklar orkali amalga oshiriladi. Suv sarfi 1 t ruda uchun 3-4 m3. Bunda mashinalar 2-4 kamerali bo`lib, unumdorligi yuqoridir.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling