Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан
Oltinning minerallari va rudalari
Download 0.68 Mb.
|
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-jadval. Oltin va kumushning asosiy minerallari
2. Oltinning minerallari va rudalari
Ruda tarkibida uchraydigan oltinlar asosan katta va kichik bo`lgan, turli shakllardagi tug’ma oltinlardir. Oltin boshqa elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilmaydi. Uning boshqa metallar bilan eritma-qotishmalari tabiatda uchraydi. Kimeviy birikmalarida tellurid va selinid shaklda minerallari uchraydi. Oltin minerallari tarkibidagi aralashmalar-kumush, mis va temirdir. Oltin zarralarining o`lchamlari va qaysi minerallar tarkibiga aralashgan bo`lishi uni tanlab eritish, sorbtsiya, ekstraktsiya, amalgamatsiya yo`li bilan ajratib olinishini belgilovchi xossa hisoblanadi. Ayrim hollarda oltin zarralar usti kislorod-oksidlar pardasi bilan qoplanib, uning ajratib olnishini qiyinlashtiradi. Oltin ya`ni nodir metallar metallurgiyasi ustida katta xizmatlari bo`lgan I. N.Plaksinning ko`rsatishicha, oltin sirtidagi oksid parda quyidagicha bo`lishi mumkin . 1.Sul’fidli minerallar bilan birikkan oltin zarralar (arsenopiritli, galenitli). 2.Temir oksidining mustahkam qobig’i. 3.Argentitli qora tusli qobiq 4.Oltin ustidagi rangli tovlanmalar 5.Oksidning qora pardalari Oltin va kumushning asosiy minerallari 2-jadvalda keltirilgan. Oltin zarrachalarning shakllari ularni gravitatsiya usuli, gidrometallurgiya usullari bilan ajratib olinishida qo`l keladi. Masalan «ilmoqli» shakldagi oltin zarralari gravitatsiya dastgohlarida yaxshi ilinadi va ajratib olinadi. Oltin zarrachalarining o`lchami rudalarni qaysi o`lcham (sinf-klass) gacha maydalaydi, ya`ni oltin sirtini «ochish» lozimligini bildiradi. Tajribalardan ko`rinadiki, oltin zarralari qancha yirik bo`lsa, uni ajratib olish oson, qancha mayda bo`lsa ajratib olish ham juda murakkablashadi. 10-jadval. Oltin va kumushning asosiy minerallari
Oltin er qobig’ida juda kam miqdorda mavjud bo`lib, simobga qaraganda 200 marta kam. Ayrim qazilmalarga ko`ra oltin, konlar hosil bo`lishining so`ngi bosqichida gidrotermal eritmalardan ajralib, turli moddalar tarkibida, oralig’ida turli zarralar holida qotgan emish. Masalan, shu sababdan oltin, kvarts, turli sul’fidlar, ko`pincha pirit va arsenopirit tarkibida jamlangan. Oltin qotaborib boshqa birikma va minerallar ustidagina emas, balki ichki tarkibida ham qotgan. Ayrim hollarda oltin mayda «dispers» zarralar shaklida ajralib kelgan. Ayrim qulay hollarda oltin zarralar birikib, yirik donador-tug’ma oltin, sof oltin konlarini, minerallarini hosil qilgan. Ayrim sharoitlarga ko`ra gidrotermal eritmalardan kvartsli oltin kon rudalari vujudga kelgan. Bunday rudalarda kvarts xalaqit beruvchi jins shaklda ishtirok etadi. Ayrim holda oltin sul’fidlar bilan adashgan holda uchraydi. Odatda yaxlit sul’fidli oltin rudalari ham uchraydi, o`z navbatida bunday rudalar rangli metall rudalarini tashkil etadilar. Tug’ma oltin konlari shu tariqa vujudga kelgach, tabiiy sharoitga ko`ra ular, eroziya, emirilish, hamda daryo suvlari, shamol-to`fonlar ta`sirida parchalanish, mayda zarra va qumlar shaklida boshqa joyga «ko`chib» tuplanadilar va sochma oltin konlarini vujudga keltiradilar. Tug’ma oltin konlari O`zbyokistonning Zarafshon va Uchquduqda – Muruntov, Daugiz tog’, Amantay tog’, Marjonbulok, Toshkent viloyatidagi Kovuldi, Qizil olma, Namangan viloyatidagi Pirmirob, Uzoksoy kabi konlarda uchraydi. Sochma oltin zarralari qadimda Angren (Ohangaron) daryo bo`ylarida uchragan tug’ma oltin kon tuzlari bir necha xil bo`ladilar. Bular quyidagicha: Kvarts – tomirli, amalda sul’fidsiz bo`ladi. Kvarts – piritli konlar. Bu konlarga Uraldagi Berezovskiy, O`zbyokistondagi Muruntov, Kuchbuloq, Kovuldi konlari kiradi. Kvarts – arsenopirit konlari. Bunday ruda kon turlariga Qo`chqorli, Ettisuv, Daugiz tog kabilar kiradi. Kvarts – surmali rudalar. Bunday konlar Armashevsk (Rossiya), Amantay-tog, Zarafshon (O`zbyokiston) konlari kiradi. Mis – sul’fidli oltin tarkibli tomirlar (Toshkent viloyati Qalmoqir va Sariq cho`qqi konlari, Olmalik) kiradi. Sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan konlar Qozog’istonda, g’arbiy Sibirda 20 ga yaqin kvarts-oltin va sochma konlar mavjud. Qadimdan beri ishlatilib kelingan konlar SHarqiy Sibirda, Yoqutistonda, Uzoq SHarqda ma`lumdir. 3. Juda qadim zamonlardanoq odamlar oltin va tarkibida oltin bo`lgan rudalarning zarralari boshqa tog’ jinslaridan og’irroq ekanini anglab etganlar. SHu boisdan qiya tyokislikdagi tarnovlarda suda oqizilgan oltin qumlari og’ir va engil qismga ajraldi. SHu tariqa gravitatsiya usulida boyitish vujudga keldi. Oltin qumlari turli yuvish idishlarida, nov va tarnovlarda, harakatdagi elak-g’alvirlarda yuvildi. Ayrim holda rudalar suv tosh tegirmonida maydalanib, qiya suv ariq-tarnovida yuvildi. SHunday usul qoldiq namunalarini 1976 yil Toshkent viloyati Olmaliq shahriga 5 km g’arbi-janubda joylashgan Tukkent X-XII asr shahar xarobalaridan arxeologiya-qidiruv ishlari paytida topildi. Ko`pincha suvda yuviladigan oltin qumlarda tuproq zarralari bo`ladi. SHu sababga ko`ra oltin qumlar 4 toifaga bo`linadi. 1. Engil yuviluvchi (3- 10 % loyqali). 2. O`rtacha yuviluvchi (10- 30% loyqali) 3. Qiyin yuviluvchi (30- 60% loyqali) 4. Juda qiyin yuviluvchi (60- 80% loyqali). Qum yuvish dastgohini tanlashda, xom ashe tarkibidagi oltin zarra o`lchami va shakli asosiy rol’ o`ynaydi. Donador oltin zarralarni boyitishda cho`ktiruvchi (otsodochnaya mashina), shlyuz (qiya tarnov) boyitish stoli (kontsentratsiya stoli) ishlatiladi. Olingan yarim mahsulot simob bilan qorishtirilib amalgamalantiriladi. Suv havzalaridagi oltinni yuvishda suv havzalarida suzib yurib ishlaydigan, o`zida oltin saralash uskuna va dastgohlarini jamlagan moslama-kema “Dragalarda” amalga oshiriladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling