6- jadval. Sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan volfram minerallari
Mineral
|
Kimyoviy formulasi
|
WO3 ning miqdori, %
|
Zichligi, g/sm3
|
Qattiqligi
|
Volframit
Gyubnerit
Ferberit
Sheelit
|
(Fe, Mn)WO4
MnWO4
FeWO4
CaWO4
|
76,5
76,6
76,3
80,6
|
6,7 – 7,5
7,1
7,5
5,8 – 6,2
|
4,5 – 5,5
5
5
4,5 - 5
|
Volframit kuchsiz magnitga tortilish xossasiga ega bo`lib, uning rangi qora, jigarrang yoki qo`ng’ir-jigarrang. Volframit temir va marganets volframatlarining tinimsiz hosil bo`luvchi qattiq aralashmasi bo`lib, temir va marganets atomlari mineralning kristal panjarasida bir-birini o`rnini egallashi mumkin. Volframit kassiterit, molibdenit, pirit, arsenopirit va yuoshqa sulfidlar bilan birga uchraydi. Unda qo`shimcha ko`rinishida MgO, ayrim vaqtlarda SaO, Ta2O5, Nb2O5, SiO2 va boshqalar uchraydi.
Ferberitning 80% dan ko`prog’ini FeWO4, 20% dan kamrog’ini MnWO4 tashkil qiladi.
Gyubneritning 80% dan ko`prog’ini MnWO4, 20% dan kamrog’ini FeWO4 tashkil qiladi.
Bu minerallar volframit singari kuchsiz magnitga tortilish xususiyatiga ega.
SHeelit kaltsiyning deyarli toza volframati hisoblanadi. Oq, sariq, kulrang va qo`ng’ir rangga ega bo`lib, ko`p hollarda povellit CaMoO4 ning izamorf qo`shimchasi ko`rinishida uchraydi. Molibdenning miqdori 19 % atrofida va undan ko`p bo`lganda sheelit povellit singari sariq tus oladi. SHeelit silikatlar (granatlar, piroksen), kvarts, molibdenit va boshqa sulfidlar bilan birga uchraydi.
Sanoat tipidagi volfram rudalari tomirli, shtokverkli, skarnli va sochma konlarga taalluqlidir. Mineral tarkibiga ko`ra ikki turdagi konlar farqlanadi: volframitli va sheelitli.
Do'stlaringiz bilan baham: |