Министерство высшего образования, науки и инноваций республики узбекистан
Download 88.78 Kb.
|
Аннотация Севара
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari
- Tadqiqot obekti va predmeti
Mavzuning dolzarbligi. Kognitiv tilshunoslik - bu amaliy tilshunoslikning yangi yo'nalishi bo'lib, u inson tajribasini qayta ishlash, dunyoni kontseptsiyalash va turkumlashtirish, ma'lumotlarni lingvistik shakllarda mustaxkamlash, saqlash va xotiradan olishda tilning roliga asoslanadi. Ushbu fan o`zining terminologik bazasi va tushunchalar tizimini yaratgan. Kontseptsiya kognitiv tilshunoslikning eng muhim tushunchasidir. Kognitiv tafakkur yoki kognitiv lingvistik tafakkur so'zlarning leksik ma'nosini dunyoning lingvistik tasviri bilan bevosita bog'laydi va pirovardida umummilliy mentalitet deb ataladigan jamoa psixikasini belgilaydi. Tadqiqotning dolzarbligi ingliz, rus va o‘zbek tillari paremiyalarini qiyosiy tahlil qilish asosida “VAQT” kontseptining tilda amalga oshirilishida bilishning etishmasligi bilan bog‘liq.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi - ingliz, rus, o‘zbek tillari maqollarida vaqt munosabatlarinining ifodalanishidagi lingvokognitiv xususiyatlarni o‘xshashlik va farqlarni aniqlash hamda tavsiflashdan iborat. Maqsadga muvofiq tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat: - kognitiv lingvistikaning nazariy asoslari va kontseptsiyani o'rganishning asosiy yondashuvlarini o'rganish; - ingliz, rus, o‘zbek tillari maqollarida ifodalangan “vaqt” kontseptining qiyosiy va kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan aniqlash, tahlil qilish va tavsiflash; - ingliz, rus, o‘zbek tillari maqollarida vaqtni ifodalashda verbal vositalardan foydalanishdagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, tahlil qilish va qiyosiy tavsiflash; - ingliz, rus, o‘zbek tillari maqollarida vaqtning voqelanishida universal xususiyatlarini aniqlash, tahlil qilish va qiyosiy tavsiflash. Tadqiqot ob'ekti va predmeti. “VAQT” kontseptining rus, ingliz va o‘zbek tillari maqollarida namoyon bo‘lishi tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. “VAQT” kontseptining aks ettirish yo’llari, ularning ingliz, rus, o’zbek tillari maqollarida o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash tadqiqot predmeti hisoblanadi. Download 88.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling