Министерство высшего образования, науки и инноваций республики узбекистан
Download 88.78 Kb.
|
Аннотация Севара
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy gihatdan yangilik darajasi
- Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi.
- Ishning tuzilishi va tarkibi.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Ashurova D.U., Safarov Sh.S., Jusupov M., Yusupov U.K., N.F.Alefirenko, E.S. Kubryakova, V.I.Karasik, Z.D. Popova, V.A. Maslova, A. Vejbitskaya, I.A. Sternin, N.D. Arutyunova, M.V. Pimenova kabi kognitiv tilshunoslik sohasidagi O‘zbekiston va xorijiy olimlarning ishlarida keltirilgan g'oyalar tadqiqotning uslubiy asosini tashkil etdi. Maqsadga erishish va qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun lingvistik tavsif usuli, qiyosiy metod, komponent tahlil usuli, differensial-semantik metod, etimologik tahlil elementlaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy gihatdan yangilik darajasi. Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ingliz, rus, o‘zbek tillari maqollarida vaqt munosabatlarning ifodalanishini har tomonlama qiyosiy o‘rganish batafsil yoritilgan; “VAQT” kontseptining monolingval va qiyosiy tavsifi ingliz, rus, o‘zbek tillari maqollarida o‘xshashlik va farqlarini reprezentatsiya vositalari aniqlagan holda ifodalash nuqtai nazaridan amalga oshirildi; chog'ishtirilaiyotgan tillar maqollarida vaqt munosabatlarni kategorizatsiyilash lingvokognitiv xususiyatlarni aniqlash bilan amalga oshirildi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Ishning amaliy ahamiyati tadqiqot natijalari va xulosalaridan universitetlarning o‘quv jarayonida ingliz, rus, o‘zbek tillari, til nazariyasi, qiyosiy tilshunoslik, kognitiv tilshunoslik, leksikologiya va paremiologiya, stilistika kabi fanlarni o‘rganishda shuningdek, fan bo'yicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar, lug'atlar, ish dasturlarini yozish jarayonida foydalanish imkoniyati bilan bog‘liq. Ishning tuzilishi va tarkibi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kirishda tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ishning maqsad va vazifalari, dissertatsiya natijalarining nazariy va amaliy qiymatining asosliligi, tahlil qilish usullari ochib berilgan. Birinchi bobda kognitiv tilshunoslik rivojlanishining nazariy shart-sharoitlari atroflicha ochib berilgan bo‘lib, unda uning asosiy yo‘nalishlari, “vaqt” kontseptining o‘rganishga turlicha yondashuvlar, maqollarning tilshunoslik nazariyasidagi o‘rni yoritilgan. Ikkinchi bob ingliz, rus, o‘zbek tillari paremiologik fondidagi “vaqt” tushunchasining qiymat xususiyatlariga bag‘ishlangan. Uchinchi bobda “vaqt” tushunchasining ingliz, rus, o‘zbek tillari maqol va matallarida ifodalanishi qiyosiy tahlil qilingan. Xulosa qismida tadqiqot asosida olingan ilmiy mulohazalar batafsil keltirilgan. Ilmiy rahbar: __________ Magistratura talabasi: ___________ Download 88.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling