"mintaqaviy iqtisodiyot" fanidan


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana15.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1485866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
МУСТАКИЛ ИШ МИНТАҚАВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ХАКИМЖОНОВ Қ

27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni koʼpaytirish maqsadida
kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million АQSh dollaridan 7 milliard 
АQSh dollariga yetkazish. 
Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda 
yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aktsiyalarni), shu jumladan fond birjasi 
orqali xususiylashtirish. 
Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 
2026 yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha 
yetkazish. 
28-maqsad: Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda 
respublika eksport hajmlarini 30 milliard АQSh dollariga yetkazish. 
Eksportchi korxonalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash tizimini faol davom 
ettirish orqali respublika eksport salohiyatini oshirish. 
Mavjud imkoniyatlarni toʼliq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari 
eksport salohiyatini yanada rivojlantirish. 
Tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va 
mashhur brendlarni jalb qilish. 
Xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish. 
Аvtotransport vositalari eksportini 3 baravarga oshirish va 1 milliard АQSh 
dollariga yetkazish. 
Turizm, transport, axborot-kommunikatsiya, jumladan dasturiy taʼminotlar va 
boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard АQSh dollariga 
yetkazish. 
Eksportchi korxonalarga koʼrsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam 
berish tizimini takomillashtirish. 
Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar 
koʼpaytirib, Yevropa davlatlariga GSP+ tizimi doirasida tayyor mahsulotlar 
eksportini kengaytirish. 
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni 
xorijiy 
davlatlarga 
chiqarishda 
koʼmaklashish 
tizimini 



takomillashtirish hisobiga eksportchi korxonalar sonini hozirgi 6 500 tadan 15 000 
taga, tovarlarning eksport geografiyasini 115 tadan 150 taga yetkazish. 
«Yangi Oʼzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti» gʼoyasi asosida 
200 ta eksportchini ochiq tanlov asosida saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga 
aylantirish va har tomonlama qoʼllab-quvvatlash. 
Qoʼshni davlatlar bilan chegara hududlarda erkin savdo zonalari faoliyatini 
yoʼlga qoʼyish. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling