"mintaqaviy iqtisodiyot" fanidan


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana15.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1485866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
МУСТАКИЛ ИШ МИНТАҚАВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ХАКИМЖОНОВ Қ

23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga 
xususiy investorlar va ilgʼor xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish. 



Istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv va konlarda qazib olish ishlariga 
shaffof mexanizmlar asosida mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilish. 
Iqtisodiyot uchun zarur mineral xom ashyo bazasini kengaytirish. 
Uglevodorod xom ashyosi mavjud konlar, geologiya-qidiruv maydon va 
strukturalarini tahlil qilgan holda ularga shaffof mexanizmlar asosida investorlarni 
jalb qilish orqali qazib chiqarish hajmlarini oshirish. 
Geologiya sohasida zamonaviy taʼlim standartlarini keng joriy etgan holda 
malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yoʼlga qoʼyish hamda ilmiy tadqiqot 
natijalarini amaliyotga tatbiq etish. 
24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash hamda 
«Yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, 
iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish. 
2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish koʼrsatkichini qoʼshimcha 
30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish. 
2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga 
yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash. 
Oʼzbekiston energetika tizimining qoʼshni davlatlar energetika tizimlari bilan 
barqaror ishlashini taʼminlash. 
Sanoat tarmoqlarida yoʼqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish 
samaradorligini oshirish. 
Uy-joy-kommunal xoʼjaligi, ijtimoiy soha obʼektlari va boshqa sohalarda 
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini 
oshirish. 
Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish boʼyicha choralarni 
koʼrish. 
Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir 
birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga qisqartirish. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling