"mintaqaviy iqtisodiyot" fanidan


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana15.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1485866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
МУСТАКИЛ ИШ МИНТАҚАВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ХАКИМЖОНОВ Қ

31-maqsad: Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni 
iqtisod qilish boʼyicha alohida davlat dasturini amalga oshirish. 
Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr 
suvni iqtisod qilish. 
Suv xoʼjaligi obʼektlarida elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish. 
Suv xoʼjaligi obʼektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 
boshqarish. 
32-maqsad: Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish 
hajmini 1,5 — 2 baravar koʼpaytirish. 


10 
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5 — 2 barobarga 
oshirish. 
Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash. 
33-maqsad: Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 
1,4 — 1,6 baravarga oshirish. 
14 ta hudud boʼyicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik 
hududiy dasturlarni amalga oshirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting 
koʼrsatkichlari «qoniqarsiz» boʼlgan shahar va tumanlar boʼyicha amaliy chora-
tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. 
Hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya 
siyosatini yanada takomillashtirish. Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda 
«millionlik shaharlar»ga aylantirish boʼyicha choralar koʼrish. 450 ming aholiga 
moʼljallangan Yangi Аndijon shahrining dastlabki bir nechta mavzelarini qurib, 
foydalanishga topshirish. Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 50 
foizga yetkazish. 
Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi «Shaharlar 
qulayligi» indeksini joriy etish. 
Shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini 
oshirish va «Аqlli shahar» kontseptsiyasiga muvofiq rivojlantirish. 
Toshkent shahrida barpo etilgan «INNO» innovatsion oʼquv-ishlab chiqarish 
texnoparkini 4 ta hududda tashkil etish. Innovatsion hududga aylantirilayotgan 
tumanlarda yuqori qoʼshilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab 
chiqarish texnologiyalarini oʼzlashtirish. 
Oliy taʼlim muassasalarida arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan 
ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uygʼunlashtirish. 
Qurilish sohasini texnik tartibga solish. Аholi punktlarining shaharsozlik 
hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish va shaharsozlik hujjatlari 
bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish. 
Аholini joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish. Renovatsiya va uy-
joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar oʼrniga 19 million kvadrat 


11 
metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilaning yangi 
massivlarga koʼchib oʼtishi uchun sharoit yaratish. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling