"mintaqaviy iqtisodiyot" fanidan


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana15.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1485866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
МУСТАКИЛ ИШ МИНТАҚАВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ХАКИМЖОНОВ Қ

25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantirib, uning 
hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish. 



Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini 
va ijtimoiy obʼektlarni hamda magistral avtomobilь yoʼllarini keng polosali ulanish 
tarmoqlari bilan qamrab olish. 
Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab 
chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026 yil yakuniga 
qadar 70 foizgacha oshirish. 
Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 
10 baravar oshirib, 500 million АQSh dollariga yetkazish. 
26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning 
jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard АQSh dollari, jumladan 70 
milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʼrish. 
Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish 
boʼyicha, «pastdan-yuqoriga» tamoyili asosida, yangi tizimni yoʼlga qoʼyish. 
2026 yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini 
amalga oshirish. 
Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sogʼliqni saqlash, 
taʼlim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xoʼjaligi va boshqa sohalarga 14 
milliard АQSh dollarga teng investitsiya jalb etish. 
Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari oʼrtasida tashqi 
iqtisodiy aloqalarni oʼrnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq 
Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax 
viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini 
rivojlantirish. 
Surxondaryo viloyatida «Investorlarga koʼmak markazi», Navoiy viloyatida 
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan «Biznesga koʼmaklashish markazi» 
va Toshkent shahrida «Ilgʼor loyihalar va injiniring markazi» va har bir tumanda 
«Innovatsiya va texnologiya markazlari» tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam 
koʼrsatish. 
Toshkent shahrida har yili «Toshkent xalqaro investitsiya forumi»ni oʼtkazib 
borish. 




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling